Islom

Hojatga borganda o‘zimizni ehtiyot qilib, satr-avratga rioya qilgan holda ish tutishimiz kerak

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Islom poklik dinidir, poklik esa iymondandir. Dunyoda Islomdan boshqa hech bir din, tuzum yoki falsafa poklik va ozodalikka bu qadar yuksak daraja bermagan. Chunki poklik bo‘lmasa, bandaning ibodati ham qabul bo‘lmaydi. Islomda barcha ibodatlarning qabul bo‘lishi uchun insonning butun tanasi, kiyimi va hatto ibodat joyi ham pok bo‘lishi shart.

Dinimizda insonlarning har bir sohada toza va pokiza bo‘lishlariga alohida e’tibor berilgan. Sababi, pokiza insondan ifloslik va razillik chiqmaydi. Poklik — yaxshi insonlikning ko‘zgusidir. Alloh taolo kalomida shunday marhamat qiladi:

“Unda poklanishni xush ko‘radigan kishilar bor. Alloh esa poklanuvchilarni sevar”.

Poklik va ozodalikka qanchalik ulug‘ o‘rin berilganini quyidagi hadislardan ham bilib olishimiz mumkin. Omir ibn Sa’d ibn Abu Vaqqosdan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar: Albatta, Alloh muloyimdir va muloyimlikni sevadi, pokizadir va pokizalikni sevadi, karamlidir va karamlilikni sevadi, o‘ta saxiydir va saxiylikni sevadi”.

Payg‘ambarimiz alayhissalomning siyratlari haqida Oysha onamizdan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi:

“Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam to‘rt narsadan g‘usl qilar edilar: junublikdan, juma kuni, qon oldirgandan so‘ng va mayitni yuvgandan keyin” (Abu Dovud rivoyati).

Yana rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam safar vaqtida hojat qilmoqchi bo‘lsalar, hech kim ko‘rmaydigan joyga borar edilar. Demak, hojatga borganda o‘zimizni ehtiyot qilib, satr-avratga rioya qilgan holda ish tutishimiz kerak.

Ming afsuski, ayrim insonlar pana joylarga bormasdan, yo‘l yoqasida yoki odamlar ko‘z o‘ngida hojat chiqarishmoqda. Bu esa boshqalarga nisbatan hurmatsizlik bo‘lib, o‘zlari va boshqalarni ham gunohkor qilishiga sabab bo‘lmoqda.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hojat odoblari haqida marhamat qilib shunday deganlar:

“Uchta la’nat keltiradigan amaldan ehtiyot bo‘linglar: suv havzalariga, yo‘l o‘rtasiga va odamlar salqinlanadigan joylarga hojat chiqarishdan”.

Azizlar, har vaqt va har joyda tozalik va poklik odoblariga rioya qilishni unutmaylik. Zero, “poklik – iymondandir”, deb bejiz aytilmagan.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.