Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (29.04.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 29-aprel, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kimki tuyg‘ular masalasida chalkashliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, muhabbat uchburchagi deb atalmish yoqimsiz manzaraning guvohi bo‘lishi turgan gap.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Do‘stlaringizdan biri kun davomida xushxabar yetkazib, kayfiyatingizni ko‘taradi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun kimga qanday va’da bersangiz, ado etishingiz, qay bir fikrni ishonch bilan tilga ko‘chirgan bo‘lsangiz, asoslashingiz talab etiladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Oilasiz bo‘lsangiz, bugun romantik uchrashuvga otlanishingiz ehtimoli bor. Lekin uchrashuvga kechikishni xayolingizga ham keltirmang.

Arslon (24.07 — 23.08)
Kuningiz quvonchli, bayramona kechadi. Kayfiyatingiz ko‘tarinki bo‘ladi. Siz uchun moliyaviy muammolar ham mayda tashvish kabi yengil tuyuladi.

Parizod (24.08 — 23.09)
Muhabbatda qaltis harakatlar sodir eta ko‘rmang. Serqatnov yo‘llarda ehtiyotingizni qiling.

Tarozi (24.09 — 23.10)
O‘zingizni tutishingiz masalasini obdon tahlil qiling. Shunda yaqin insoningizni ranjitmagan bo‘lasiz.

Chayon (24.10 — 22.11)
Kechqurun ovqatlanish rejimiga qat’iy amal qiling. Tavakkalchilikdan qoching.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Moddiy ahvolingiz ko‘ngildagidek kechmayotganini payqasangiz, bankdan kredit olishingiz tavsiya etiladi. Bu, ayniqsa, shaxsiy biznesi borlarga katta yordam berishi mumkin.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Tadbirkor bo‘lsangiz-u, kimlar bilandir hamkorlik boshlash haqida o‘ylay boshlasangiz, o‘z shartlaringizni ham chetda qoldirmang. Aks holda aldanib qolishingiz hech gap emas.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugungi kuningiz muvaffaqiyatli lahzalarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Muhabbatda esa sof tuyg‘ularingiz saqlanib qolishini ta’minlang.

Baliq (20.02 — 20.03)
Kunning ikkinchi yarmida yaqin do‘stlardan biri sizga o‘zining yillar bo‘yi ichida saqlab kelgan sirini oshkor qilmoqchi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.