Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (30.04.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 30-aprel, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Moliyaviy va ro‘zg‘oringizdagi muammolarni bartaraf etishda esa yaqin do‘stlardan biri yordam beradi.

Buzoq (21.04 — 21.05)
O‘zingizni yaxshi his etmayotgan bo‘lsangiz, vrach ko‘rigiga borishga erinmang.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Yaqinlaringiz haqida ko‘proq qayg‘urishingiz va muammolari bo‘lsa bartaraf etishda yordamlashishingiz tavsiya etiladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Qalbingiz buyurganini ado etishdan saqlaning. Tafakkurga suyaning. Ish bajarishda esa eksperimentlardan qochmasligingiz tavsiya etiladi.

Arslon (24.07 — 23.08)
Pul kamligi va ish ko‘pligiga e’tibor qaratishdan oldin oilaviy an’analar to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Ularning yo‘qolib ketishiga yo‘l qo‘ymang.

Parizod (24.08 — 23.09)
Kun davomida moliyaviy inqirozga yetaklovchi ayrim hodisalarga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Shunga qaramay, ish bajarishda faqat pul emas, ko‘ngil yayrashini ko‘proq o‘ylashingiz lozim.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugun ba’zilarning yarim yillardan beri cho‘zilib kelgan katta bir ishi nihoyat yakuniga yetadi.

Chayon (24.10 — 22.11)
Muhabbatda xayolot osmonlarida parvoz qilishdan tiyiling. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Bu sohada balansni joyiga qo‘ying.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun bo‘lar-bo‘lmas xaridlar, firibga duch kelishingiz kutilmoqda. Achinarlisi, bu ishda yaqin do‘stlardan birining qo‘li bo‘lishi mumkin.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Yo‘qotishlar haqida umuman o‘ylamang. Shunda mo‘may daromad egasi bo‘lasiz.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Asosiy kuchni yirik loyiha va ishlarni qoyillatish uchun asrab qo‘ying. Ayniqsa, moliyaviy muammolaringiz juda qaltis va og‘ir.

Baliq (20.02 — 20.03)
Xususiy mulk oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotganlarga kuchli e’tibor zarur. Yo‘qsa, chuv tushirib ketishlari hech gap emas.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.