Mashhurlar
Shahzoda san’atni tark etishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi
Xonanda Shahzoda Instagram sahifasidagi storis orqali muxlislaridan kelgan turli savollarga samimiy javob berdi. Quyida Daryo eng qiziqarli savol-javoblarni havola qilmoqda.
— Yolg‘izlik bilan qanday kurashish mumkin?
— Yolg‘izlik hissi ko‘pchilikda bo‘ladi va bu normal holat. Ba’zilar yolg‘izlikni qalbdagi bo‘shliq sifatida qabul qiladi, aslida esa bu o‘zingiz bilan yaqin aloqa o‘rnatish davridir. Bunday holatlar doim foyda beradi, deya javob berdi xonanda.
— O‘g‘il bolalar tarbiyasida qanday qoidalarga amal qilasiz?
— Eng avvalo shaxsan o‘zim namuna bo‘lishim muhim. Bolalar aytilgan so‘zlardan ko‘ra, har kuni ko‘rib turgan ishlardan o‘rnak oladi. Ikkinchi muhim narsa — mehr va muhabbat. Aynan namuna va mehr bolalarda insoniylik va ichki qadriyatlarni shakllantiradi.

— Qanday qilib hech narsaga qaramasdan o‘zligingizni saqlab qolish mumkin?
— O‘zing bo‘lish — o‘zingga sodiq bo‘lish degani. O‘zingizni tinglashingiz, chegaralaringizni hurmat qilishingiz va qadriyatlaringizga xiyonat qilmasligingiz kerak. Bu har doim ham oson kechmaydi.
— Endi hech qachon qo‘shiq aytmaysizmi?
— Ko‘p yillik mehnatdan keyin inson “hammasidan to‘yishi” mumkin, menda ham shunday bo‘ldi. Shu sababli menga tanaffus kerak bo‘ldi, ammo u uzoq davom etdi. Hammasi Allohning irodasi bilan. Agar qaytishim kerak bo‘lsa, albatta qaytaman, agar yo‘q bo‘lsa, demak, shunisi menga yaxshiroq.

— Hozirda nimalarga ustuvorlik beryapsiz?
— Oila, farzandlar va ruhiy xotirjamlikni qo‘llab-quvvatlaydigan hayot tarziga.
— Hayotda sizga berilgan eng foydali maslahat?
— Allohga tavakkal qil va o‘zingga nisbatan rostgo‘y bo‘l. Shuning o‘zi kifoya.
— Musiqa yoki sukunat, qaysi biri sizga yaqinroq?
— Hozircha sukunat.

— Turmushga chiqqanmisiz? Keksaroq inson bilan turmush qurganingiz rostmi?
— Yo‘q, bu gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

— Qachonlardir qiz farzand ko‘rishni istaganmisiz?
— Ha, men doimo qiz farzand ko‘rishni orzu qilardim. Lekin Yaratgan menga ikkita ajoyib o‘g‘il berdi. Mening baxtim ham aynan shunda, deya savollarga javob berdi Shahzoda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


