Mashhurlar

Mo‘min Ibrohimov o‘xshamagan biznesi va Dubayda “qora ro‘yxat”ga tushib qolgani haqida so‘zlab berdi

photo
Foto: Daryo.uz

Loading

Komik aktyor, “Million” kulgi jamoasining a’zosi Mo‘min Ibrohimov YouTube tarmog‘idagi “Oshxona Talk” loyihasining mehmoni bo‘ldi. Oshxonada noodatiy tarzda bo‘lib o‘tgan intervyuda Mo‘min aslida iqtisod yo‘nalishida ta’lim olgani, omadsizlikka uchragan biznesi va pasportdagi ismi boshqa ekani haqida gapirdi. Daryo shu haqida yozmoqda.

“Aslida iqtisodchiman”

— Boshida shou-biznes olamiga kirib kelishim haqida umuman o‘ylamaganman. Sababi Toshkent moliya instituti qoshidagi akademik litseyni bitirganman. Maktab va litseyda a’lo baholarga o‘qir edim. Oliy ta’limni ham O‘zbekiston Milliy universitetining iqtisod yo‘nalishida tugatganman, iqtisodchiman. Yo‘nalishim bo‘yicha ko‘p ishlarni qilib ko‘rdim. Lekin san’at yo‘lidan ketishim peshonamga yozilgan ekan.

O‘zi tabiatan hazil-mutoyibaga moyil, yaxshi kayfiyat ulashadigan insonman. Qolaversa, Rossiya kanallarida berib boriladigan QVZlarni qoldirmasdan ko‘rib borardim. Komediya va yumorga boy kinolarga juda qiziqardim. Mahallamizdagi bolalar bilan yig‘ilib qoladigan bo‘lsak, nimalarnidir ko‘rsatib, kuldirib yurardim. Yoki bolalarni yig‘ib, o‘zimizcha bayramlarga nimadir tayyorlardik.https://t.me/shoubizyangiliklari/17957?embed=1

Bir kuni Jahongir aka degan qo‘shnimiz “Quvnoqlar va zukkolar”da chiqishim mumkinligini aytib qoldi. Men ham bo‘pti, deb rozi bo‘ldim. So‘ng QVZga qo‘shildim. “Million” jamoasidagi Mirkomil aka guruhimizga rejissyor bo‘lib kelgandi. U bizni musobaqaga tayyorlagan. Sahnaga birinchi marta QVZ tarkibida qadam qo‘yganman va o‘shanda chempion bo‘lganmiz. Sahnadan turib tomoshabinlarning kayfiyatini ko‘targanimizdagi  zavq bizni juda ham ruhlantirgan. Odamlardan kelgan energiya oldinga qadam bosishimga sabab bo‘lgan, deydi komik aktyor. 

“Biznesga qiziqardim”

— Bir necha yillar avval restoran yuritardim. To‘g‘risini aytsam, tadbirkorlikka qiziqardim. Ana shu qiziqishim ortidan 5—6 ta bizneslar qilib ko‘rganman ham. Keyinchalik restoranim karantin sabab bo‘lib, yopilib ketgan. Shundan so‘ng ijaraga joy olib tadbirkorlik qilish juda katta xato ekanini tushunib yetdim. Endi yana 2026-yilning oxirigacha, Xudo xohlasa, yaxshi bir restoran ochish niyatim bor, deydi instabloger. 

“Pasportdagi ismim Abdurasul”

— Pasportdagi ismim Mo‘min emas. Tug‘ilganimda menga Abdurasul deb ism qo‘yishgan ekan. Lekin yoshligimdan hamma meni Mo‘min deb chaqirardi. O‘zim ham hujjatdagi ismimni maktabga chiqqach, 1-sinfligimda bilganman. Keyinchalik so‘rab-surishtirsam, pasportdagi ism noto‘g‘ri qo‘yilgan ekan. Shuning uchun ikkinchi ismimni qo‘yishgan ekan. Hozirgacha hujjatlarda ismim Abdurasul, ammo hamma Mo‘min deb biladi, deydi u. 

 “Dubayda qora ro‘yxatga tushib qolganmiz”

— Karantin vaqtlari edi. Bu paytda biron davlatga borsangiz, burundan test olib aeroportdan o‘tkazishardi.  Xorij davlatiga yetib borgach, aeroportning o‘zida ism-familiyangizni so‘rab, savol-javob ham qilardi. O‘shanda birinchi marta Dubayga borishim edi. Shuning uchun juda xursand va pozitiv kayfiyatda edim. Xullas, aeroportdagilar ismimni so‘rashdi. Mo‘min, deb aytdim. Haqiqiy ismim esimda ham yo‘q edi. Shu vaqti COVID uchun burnimdan test olishni boshlashdi. Bu narsani juda yomon ko‘raman. Birdan asabiylashib ketdim. Va o‘zbekchalab so‘kinib yubordim. Ular ham ingliz tilida emas, o‘zlarining arab tilida nimalardir deb gapirdi. So‘ng qo‘limizni mahkam ushlab tekshiruv xonasidan chiqarib yuborishdi. Keyin bizni aeroportdan chiqarishmadi. Sababini bilolmay besh kun o‘sha yerda qolib ketdik. O‘zi Dubayga jami yetti kunga kelgandik. Besh kun deganda aeroportdan chiqdik. Hujjatlarimizning hammasi joyida edi. Nima uchun besh kun olib o‘tirishganini bilmaymiz. Keyin bilsak, o‘shanda yo urishganimiz uchun yoki pasportdagi ismimni aytmaganim uchun qora ro‘yxatga tushib qolgan ekanmiz, deydi Mo‘min Ibrohimov. 

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.