Islom
Isrof qiluvchilar shaytonning birodarlaridir…
Bugungi kunda jamiyatimizda eng dolzarb masalalardan biri — to‘y marosimlarida ortiqcha sarf-xarajatlar va isrofgarchilik holatlaridir. Islom dinida isrof qilish, ya’ni ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘yish qat’iy qoralanadi. Qur’oni karimda: “Isrof qiluvchilar shaytonning birodarlaridir”, deb ta’kidlangan (Isro surasi, 27-oyat).
Aslida to‘y — bu yangi oila qurish munosabati bilan o‘tkaziladigan qutlug‘ marosim bo‘lib, yaqinlar va do‘stlar bilan quvonchli lahzalarni baham ko‘rishga xizmat qiladi. Biroq bugungi kunda ayrim hollarda to‘ylar ortiqcha dabdaba, keragidan ziyod xarajat va ijtimoiy bosim ta’sirida o‘tkazilayotgani kuzatilmoqda. Bu esa nafaqat oilaviy byudjetga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki yosh oilaning kelgusi hayotiga ham og‘ir yuk bo‘lib tushishi mumkin.
Ko‘pincha “boshqalarnikidan kam bo‘lmasin” degan tushuncha sababli 300–500 nafar mehmonga mo‘ljallangan katta ziyofatlar uyushtiriladi. Qimmatbaho kelin liboslari, kuyov kiyimlari, to‘yxonalarni hashamatli bezash, xizmat ko‘rsatish turlarining ortiqcha ko‘pligi katta xarajatlarni talab qiladi. Ayniqsa, to‘ylarda tayyorlangan taomlarning katta qismi iste’mol qilinmay, isrof bo‘lib ketishi achinarli holdir.
Shu bois, to‘y marosimlarini oqilona va me’yor asosida tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Xususan, to‘y oldidan aniq xarajatlar rejasini tuzish, har bir sarfni oila byudjetiga mos ravishda belgilash, faqat yaqin qarindosh va do‘stlarni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Katta dabdabali ziyofat o‘rniga ixcham va samimiy marosim o‘tkazish ham ma’qul yechim bo‘la oladi.
Shuningdek, kelin libosi va kuyov kiyimlarini ijaraga olish yoki nisbatan arzon variantlarni tanlash, to‘yxona va bezaklarni sodda, biroq nafis uslubda tashkil etish orqali ortiqcha xarajatlarning oldini olish mumkin.
Eng muhimi, “Kim nima deydi?” degan fikrdan voz kechib, to‘yni boshqalarga taqlid qilib emas, balki o‘z imkoniyat va istaklardan kelib chiqib o‘tkazish lozim. Zero, to‘y — bir kunlik dabdaba emas, balki yangi oilaning baxtli kelajagiga qadamdir.
Xulosa qilib aytganda, to‘ylarning asosiy maqsadi — barokatli oila qurishdir. Shuning uchun isrofgarchilikdan yiroq bo‘lib, tejamkorlik va oqilona yondashuvni tanlash har bir insonning burchidir. Chunki tejamkorlik — bu donolik belgisidir.
Jamiyatimizda to‘yxonalar nafaqat shodiyona maskani, balki ma’naviyat o‘chog‘iga aylanishi, bu borada katta avlod va jamoat faollari o‘zlari ibrat ko‘rsatishi maqsadga muvofiqdir.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


