Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (05.05.2026)
2026-yilning 5-may, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun o‘z prinsiplaringizni qayta ko‘rib chiqishingiz va odamlar bilan muloqotda yon berishga moyil bo‘lishingiz talab etiladi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Yaqinlaringiz bilan ko‘proq tillashishga harakat qiling. Garchi vaqtingiz tig‘iz bo‘lsa-da, bir-ikki daqiqasini ular uchun ajrating.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ishda bugun albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Moliyaviy ahvolingiz yaxshidan-da yaxshiroq bo‘ladi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Birovlarni behuda ranjitishdan, aldashdan, chuv tushirishdan saqlaning.
Arslon (24.07 — 23.08)
Emotsiyangiz ishxonadagi ishlaringizning unumiga va ijodiy salohiyatingizga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun uni nazoratda tutishga harakat qiling.
Parizod (24.08 — 23.09)
Shaxsiy hayotda xotirjam va muloyimlikni shior qilib oling. Juftingiz sizdagi bezovtalik va jahldorlikni to‘g‘ri tushunmasligi mumkin.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Kuchingizni bo‘lar-bo‘lmasga sarflayverishdan saqlaning. Oilalilar basharti tashqarida ham birov bilan ishqiy sarguzashtlarga berilgan bo‘lsa, ko‘zingizni oching.
Chayon (24.10 — 22.11)
Ishxonangizda ishingiz sifati, intizom uchun rahbarlarning olqish va maqtovlariga muyassar bo‘lishingiz ehtimoli bor.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Oilasizlarning ko‘pchiligi bugun kun davomida orzusidagi insonni uchratishi mumkin. Bu rosmana muhabbat, ishoning.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Mabodo salomatligingizda muammo paydo bo‘lsa, barcha ishlarni to‘xtating va faqat salomatlikni tiklash bilan shug‘ullaning.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Sport bilan shug‘ullanishni boshqa kunga qoldiring. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
Baliq (20.02 — 20.03)
Ish joyingizda eski, qolib ketgan yumushlarni chetga irg‘itib, yangilariga qo‘l uring. Shu narsa sizga moddiy manfaat hadya etadi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


