Buxoro yangiliklari
Hunarmandlar yurti G‘ijduvonda yangi markaz
“Gʻijduvon Qoʻrgʻoni” hududida “Hunarmandchilik markazi” barpo etilmoqda. Ushbu markaz xizmat turlarini yanada koʻpaytirish maqsadida qurilmoqda.
Qadimiy “Gʻijduvon Qoʻrgʻoni” hududida “Evrika Stroy Dizayn” MCHJ tomonidan ikki qavatli va tom qismi penthausdan iborat tashkil etilayotgan “Hunarmandchilik markazi”da olib borilayotgan qurilish ishlari yakunlanib, hozirgi kunda pardozlash va jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu markazni toʻliq ishga tushirish shu yilning may-iyun oylarida rejalashtirilgan.
Maʼlumot oʻrnida markazda tashkil etiladigan xizmat turlari. Jumladan, 1-qavatda suvenirlar doʻkoni, kulolchilik doʻkoni, kitoblar va oʻquv qurollari doʻkoni, kafeteriy, liboslar dizayni va konstruktorlik, foto-studiya, erkaklar va ayollar arab tili oʻquv xonasi, kompyuter dasturlash va oʻquv xonasi, bankomat xizmati, erkaklar va ayollar sartaroshxonasi, tashqi reklama ofisi, foyafzal tuzatish ustaxonasi, gullar doʻkoni, hojatxona va dush bo‘ladi
Bu kabi xizmat turlari tashkil etilishi evaziga 1-qavatda jami 45 ta ish oʻrni yaratiladi va 1 kunda 300 kishiga xizmat koʻrsatiladi.
2-qavatda esa 26 ta fan va kasb boʻyicha oʻquv markazi, buxgalteriya va menedjer xonasi, 8 ta sinf xonasi, radio va video studiya, dam olish xonasi, biznes-forum va konferensiyalar, mahorat darslari, fan olimpiadalari, psixologik va biznes-treninglar, yosh ota-onalar bilan farzand tarbiyasi haqida treninglar, fidoyi kasb egalari bilan yoshlar davra suhbatlari o‘tkazish uchun 80 o‘rinli konferens zal va bepul Wi-Fi tashkil etilishi evaziga 2-qavatda jami 50 ta ish oʻrni yaratiladi.
Tom qismi (penthaus)da antikafe, bolalar va yoshlar uchun koʻngilochar oʻyinlar maydoni, sayyohlar uchun selfi-zona, Gʻijduvon shirinliklaridavdo do‘koni tashkil etilishi evaziga yoshlar 15 ta ish oʻrniga ega bo‘ladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi