Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (06.05.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 6-may, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun shaxsiy hayotda omadingiz chopadi. Lekin shu omad ish va martabangizni yuqorilatish kabi amallarni sekinlashtirishi mumkin.

Buzoq (21.04 — 21.05)
O‘zingizga nisbatan yanada qattiqqo‘l bo‘lsangiz, moliyaviy jihatdan ahvolingiz yanada yaxshilana boradi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Birovlardan qarz ko‘tarishni xayolingizga ham keltirmang. Juda do‘ppi tor kelsa, oz miqdorda qarindoshlardan qarz olsangiz bo‘ladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Kun davomida yangi xabarlar eshitishingiz mumkin. Biroq ular xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, baribir yurakka yaqin olmang. Asabni asrang

Arslon (24.07 — 23.08)
Kun davomida juda kuchli bosim ostida ishlashingiz, bundan tashqari, rahbarlaringiz tarafidan bir dunyo tanqid eshitishingiz mumkin. Sukut saqlagancha o‘z vazifangizni bajarishda davom eting.

Parizod (24.08 — 23.09)
Bugun xaridlarni amalga oshirish, katta ishlarga pul tikish va muhim hujjatlarni imzolash muvaffaqiyat keltirmaydi.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Romantik xarakterga asoslangan safar muvaffaqiyatli kechadi. Faqat bu safarga suyukli insoningiz bilan birga boring.

Chayon (24.10 — 22.11)
Tilga erk berish sizga baribir foyda bermaydi. Kun bo‘yi ko‘p vaqtingizni piyoda yurishga sarf qiling.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bahslar, arazlashishlardan mosuvo emassiz. Shuning uchun bugun odamlar bilan muloqotni kamaytiring.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Ishxonangizda bir odam borki, jamoadagi obro‘yingiz saqlanib qolishi o‘shanga bog‘liq. Demak, siz o‘sha odam bilan munosabatlarni yaxshilashingiz kerak.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Agar bugun moliyaviy masalada mushkulotlar ko‘zga tashlansa, tafakkuringizga qattiq ishoning. Oldin miyangizda xomcho‘t qiling, keyin uni qog‘ozga tushiring.

Baliq (20.02 — 20.03)
Moliyaviy va huquq bilan bog‘liq muammolarni tez fursatlarda bartaraf etish payida bo‘ling.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.