Qiziqarli

Butun oila uchun: qalbingizga mehr va umid baxsh etadigan 7 ta multfilm (video)

pic
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Multfilmlar ba’zan birgina kadr yoki oddiy hikoya orqali ham qalbimizga iliqlik olib kira oladi. Ular mehr, umid, oila va insoniy tuyg‘ularni sodda, ammo ta’sirli tarzda aks ettiradi. Quyida tomosha qilgach, kayfiyatingizni ko‘tarib, qalbingizga xotirjamlik bag‘ishlaydigan multfilmlar jamlangan. Daryo to‘plamini ko‘rib chiqing.

“Dengiz qo‘shig‘i”

  • Irlandiya, Daniya, Belgiya, Fransiya, 2014-yil
  • Fantastik, drama
  • Davomiyligi: 1 soat 33 daqiqa
  • IMDb reytingi: 8,0

Mayoq qorovuli Konor o‘g‘li Ben va qizi Sirshani yolg‘iz tarbiyalamoqda. Ikkala bolaning onasi – sehrli shilki. Qizaloq uning g‘ayrioddiy qobiliyatlarini meros qilib olgan, o‘g‘il esa oddiy inson bo‘lib qolgan. Yosh qahramonlar dunyoni hamma narsani toshga aylantiradigan jodugardan qutqarishlari kerak. Buning uchun ular og‘ir sinovlardan o‘tishlari lozim.

Irlandiyalik Tomm Murning multfilmi o‘z vatanining ajoyib shilki mavjudotlari haqidagi afsonalarini aks ettiradi. Ammo syujet asosida bir-biriga tobora yaqinlashib borayotgan bolalarning sarguzashtlari yotadi. Natijada, hatto jodugar ham yovuz emas, shunchaki yaqinini yo‘qotganidan juda xafa ekanligi ma’lum bo‘ladi.

“Kiki — eltuv xizmati”

  • Yaponiya, 1989-yil
  • Fantastika, hajviy, sarguzasht
  • Davomiyligi: 1 soat-u 43 daqiqa
  • IMDb bahosi: 7,8

Kichkina Kiki – olim bilan jodugarning qizi. 13 yoshga to‘lgach, odatga ko‘ra, qizcha hali birorta ham jodugar yashamaydigan boshqa shaharga ko‘chib ketadi. U mustaqil hayot kechirib, ulg‘ayadi. Kiki o‘z ishini boshlashga – yetkazib berish xizmatini ochishga qaror qiladi. Bu multfilmda umuman yovuz qahramon yo‘q, faqat o‘z muammolarini yechayotgan odamlar bor, xolos.

“Kichkina shahzoda”

  • Fransiya, Kanada, Italiya, AQSH, Xitoy, 2015-yil
  • Fentezi, drama, sarguzashtlar
  • Davomiyligi: 1 soat 48 daqiqa
  • IMDb: 7,6

Bosh qahramon akademiyaga o‘qishga kirishi kerak. Unga yordam berish maqsadida onasi qiziga o‘quv muassasasi yaqinidan uy sotib olib, aniq rejasi tuzib beradi. Biroq keyinchalik qizcha keksa qo‘shnisi bilan tanishib qoladi. Qo‘shni unga bir paytlar Kichkina shahzoda bilan uchrashgani haqida so‘zlab beradi. Dastlab qizcha ishonmaydi, ammo keyinchalik bu g‘aroyib hikoyadan ta’sirlanib ketadi.

“Soniyasiga 5 santimetr”

  • Yaponiya, 2007-yil
  • Drama, melodrama
  • Davomiyligi: 1 soat 3 daqiqa
  • IMDb: 7,5

Multfilm yosh yigit Takaki Tononing hayotidagi turli davrlar haqida hikoya qiladi. Bir kuni u birinchi muhabbatidan ayrilishga majbur bo‘ladi. Keyinchalik sinfdosh qiz Tanakiga ko‘ngil qo‘yadi. Yillar o‘tib esa u avvaldan qattiq bog‘lanib qolgan qiz bilan yana uchrashadi. Multfilm biroz hazin, ammo juda samimiy chiqqan.

“Enkanto”

  • AQSH, 2021-yil
  • Sarguzashtlar, fentezi, myuzikl
  • Davomiyligi: 1 soat 42 daqiqa
  • IMDb: 7,2

Madrigallar oilasining har bir a’zosi qandaydir g‘aroyib qobiliyatga ega. Faqat Mirabel oddiy qiz bo‘lib qolgan. Ammo aynan u sehrning yo‘qola boshlaganini va uyning vayron bo‘layotganini birinchi sezadi.

Fantastik asosga ega bo‘lsa-da, “Enkanto” aslida katta oila haqidagi samimiy multfilm. Multfilmdagi asosiy voqealar dushmanlarga qarshi kurashga emas, balki o‘zligini topishga qaratilgan. 

“Kuyla”

  • Yaponiya, AQSH, Fransiya, 2016-yil
  • Myuzikl, komediya
  • Davomiyligi: 1 soat 48 daqiqa
  • IMDb: 7,1

Teatr egasi koala Baster Mun o‘z muassasasining obro‘sini ko‘tarish maqsadida qo‘shiqchilar tanlovini uyushtiradi. Varaqalardagi xato tufayli hamma mukofot tashkilotchi mo‘ljallagan 1000 dollar emas, balki yuz barobar ko‘p bo‘ladi deb o‘ylaydi. Shu bilan birga, saralovdan o‘tgan har bir ishtirokchining o‘z muammolari bor: kimdir sahnadan qo‘rqsa, kimningdir qarindoshlari jinoyatga aralashgan, yana kimningdir eri xiyonatkor.

“Ajoyib dinozavr”

  • AQSH, Yaponiya, 2015-yil
  • Fentezi, komediya, sarguzashtlar
  • Davomiyligi: 1 soat 33 daqiqa
  • IMDb: 6,7

65 million yil oldin Yerga meteorit tushmagani va dinozavrlar qirilib ketmagani tufayli, ular aqlli mavjudotlarga aylanib, xo‘jalik yuritadi va zararkunandalar – ibtidoiy odamlarga qarshi kurashadi. Apatozavr Arlo dunyoga qiyinchilik bilan moslashadi va har narsadan qo‘rqadi. Biroq bir kuni u daryoga tushib, uyidan uzoqqa oqib ketadi. Dinozavr bolasi oilasiga qaytishi uchun unga ibtidoiy bola yordam beradi.

“Ajoyib dinozavr” multfilmi Pixar studiyasining eng yaxshi asari deb hisoblanmasa-da, aslida bu multfilmning ko‘plab afzalliklari bor. Unda juda yoqimli animatsiya va ajoyib syujet mavjud: qahramon o‘z qo‘rquvlari bilan kurashadi va dushman deb hisoblangan kimsa bilan birlashadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.