Islom

Sudxo‘rlik (foizga pul oldi-berdisi) hammaga barobar harom qilingan

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Alloh taolo o‘z kitobida sudxo‘rlardan boshqa hech kimga urush e’lon qilgani haqida xabar bermagan. Alloh taolo aytadi: “Ey moʻminlar, Allohdan qo‘rqingiz va agar chindan moʻmin bo‘lsangiz sudxo‘rlik sarqitlarini tark qilingiz. Endi agar bu buyruqqa itoat qilmasangiz u holda Alloh va Payg‘ambari tomonidan bo‘ladigan urushga ishonavering” (Baqara, 278-279 oyat).

Bu jinoyat Allohning huzurida naqadar og‘ir ekanligiga mazkur oyat kifoyadir.

Sudxo‘rlikda ishtirok etgan ikki tomon, vositachilik qilganlar, yordam berganlarning hammasi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan la’natlanganlar:

“Ribo yeyuvchini ham, yediruvchini ham, uni qayd qiluvchini va unga guvoh bo‘lganlarning barini la’natladilar va ular gunohda tengdir”, dedilar.

Shunga binoan sudxo‘rlikni qayd etishda, olishda, berishda, saqlashda, umuman qanday tarzda bo‘lsa ham ko‘maklashish haromdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu og‘ir gunohning nechog‘li qabihligini bayon qilib shunday deganlar: “Ribo yetmish uch darajadir, shuning eng yengili kishi o‘z onasi bilan zino qilgani kabidir, riboning eng kattasi moʻminning obro‘sidir”, ya’ni unga til tekkizishdir.

Yana Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Kishining sudxo‘rlikdan bilib turib bir dirham yemog‘i, o‘ttiz olti marta zinodan og‘irroqdir”, deganlar.

Sudxo‘rlik hammaga barobar harom qilingan. Bunda boy bilan kambag‘al o‘rtasi ajratilmagan, balki uning hukmi barcha holat va barcha shaxslarga tengdir.

Qancha-qancha boy-badavlat kishilar, katta savdogarlar, sudxo‘rlik sababidan kasodga uchraganlariga tarix guvohdir. Kasodga uchramagan taqdirda, mol-dunyo behisob bo‘lsada, barakasi bo‘lmaydi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Riboda mol ko‘paysa ham oqibati kam bo‘ladi”, deganlar.

Shuningdek ribo foizning ko‘p yoki oz bo‘lishi bilan belgilanmaydi. Uning ozi ham ko‘pi ham haromdir. Sudxo‘r qiyomat kuni jin urgan kishidek qabridan shaytonlab turadi.

Sudxo‘rlik og‘ir jinoyat bo‘lsada, lekin undan tavba qilish mumkinligini va buning qanday bo‘lishini Alloh taolo ko‘rsatib qo‘ygan: “Agar tavba qilsangiz, dastmoyangiz o‘zingizga, zulm ham qilmassiz, zulm ham ko‘rmaysiz” (Baqara, 279-oyat).

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.