Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (07.05.2026)
2026-yilning 7-may, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Oiladagi iqlimga alohida e’tibor qarating. Agar siz muloyim munosabat yuritsangiz, bu iqlim ham albatta isiydi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Qarindoshlar bilan janjallashishni xayolingizga ham keltira ko‘rmang. Kimlardir mehmonga taklif qilsa, albatta boring.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
O‘z muammolaringizni o‘zgalarni aralashtirmagan holda o‘zingiz bartaraf etishingiz, taqdiringizni o‘zingiz boshqarishingiz tavsiya etiladi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Siz professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda haqiqiy professionalga aylanib ulgurgansiz. Demak, undan ortig‘iga intilishingiz bekor.
Arslon (24.07 — 23.08)
Kuningiz rostakamiga omadli kechishi kutilmoqda. Bugun amalga oshirilishi qiyin bo‘lgan rejalarni ham qoyillata olasiz.
Parizod (24.08 — 23.09)
Juftingiz bilan ochiq gaplashishga qo‘rqmang. Ochiq suhbatlar bir-biringizni yanada yaxshiroq anglashda katta yordam beradi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Ishlaringiz chalkashdek, ammo ularni bajarishga majbursiz. Havoning isishi salomatligingizga putur yetkazishi mumkin.
Chayon (24.10 — 22.11)
Kimlardir asabingizni buzishdan tiyila olmasa, arzirli javob qaytarishingiz zarur bo‘ladi. Faqat bu ishni asablarni asragan holda amalga oshiring.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Ilgari o‘zingiz uchun arzimas ko‘ringan vaziyatlarga bu gal e’tibor qaratishingiz kerak bo‘ladi. Bugun hammasi o‘zgaradi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Moliyaviy muammolar erta kunda sizning foydangizga hal bo‘lishi kutilmoqda. Shubhasiz, bunday kutilmagan baxtni haqiqatan kutmagan bo‘lib chiqasiz.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Ro‘zg‘oringizda muammolar, asabiy jihatdan toliqishlar kunning ikkinchi yarmida yuzaga kelishi mumkin. Ehtiyotingizni qiling.
Baliq (20.02 — 20.03)
Shaxsiy hayotda qanday vaziyat yuzaga kelishidan qat’i nazar zimmangizga oling. Kechqurun yolg‘iz qoling.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


