Islom
Payg‘ambar alayhissalom: “Yetimni qarmog‘iga olgan kishi bilan men jannatda yonma-yon turaman”
Alloh taolo bu mukammal olamni, bu go‘zal dunyoni bizga ato etgan, bizning vazifamiz uni asrab-avaylab, keyingi avlodga ham yetkazishdir. Alloh subhonahu va taolo bu dunyoni sizu bizning manfaatimiz uchun yaratib qo‘ygan bo‘lsa, biz ham uni o‘zimiz, yaqinlarimiz va yurtdoshlarimiz manfaati yo‘lida, tasarruf qilishimiz lozim. Bu bitmas-tuganmas ne’matdan bahramand bo‘lgan har bir banda boshqa odamlarga ham yaxshilik qilishi, ularga foyda keltirishi kerak. Har bir iloji yetgan inson qiynalib qolganlarga moddiy va ma’naviy yordam berishi, beva-bechora, faqir-miskinlar holidan xabar olishi, insonlar manfaati yo‘lida xayr-ehsonlar qilishi shular jumlasidandir. Alloh ta’olo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi:
“Alloh senga bergan narsa bilan oxiratni izla,ammo bu dunyodagi nasibangni ham unutma. Alloh senga yaxshilik qilganidek,sen ham yaxshilik qil. Yer yuzida buzg‘unchilikni istama. Alloh buzg‘unchilarni suymas” (Qasas surasi, 77-oyat).
Musulmon kishi kimga yaxshilik qilishni, qanday yaxshilik qilishni juda yaxshi biladi. Chunki Allohning kitobida, Payg‘ambar alayhissalom hadislarida bu haqda juda ko‘p amr farmonlar, ko‘rsatmalar kelgan. Shularga ko‘ra, ehson qilish va yaxshilikni birinchi bo‘lib sizni tug‘ib katta qilgan, yedirib-ichirgan, kiyintirgan, chiroyli tarbiya berib, xulqu-odob ilmini o‘rgatgan, kamolga yetkazib uyli-joyli qilgan ota-onadan boshlanadi. Imom Nasafiy va Xozin tafsirlarida zikr qilinishicha, farzand uchun ota-onaning maqomi shunchalar ulug‘ki, u ota-onani nomi bilan chaqirmay, balki “Otajon, onajon” kabi shirin so‘zlar bilan murojaat qilishi, ularni ranjitadigan gaplarni gapirmasligi,ular oldida o‘zini qul yoki cho‘rilardek tutishi lozim. Shundan keyin qarindosh urug‘lar, o‘zgalar mehr-muruvvatiga muhtoj bo‘lib qolgan yetimlar, kambag‘al-faqirlar,safarda aziyat chekayotgan musofirlarga ehson qilinadi.
Ehson-sadaqa qilinishi lozim bo‘lgan toifalar haqida Payg‘ambarimiz (alayhissalom) dan bir necha hadisi shariflar vorid bo‘lgan:
“Miskinga qilingan sadaqa bitta savob, qarindoshga qilingan sadaqa ikkita savob: Biri sadaqa, ikkinchisi silai rahm uchundir”
Rasuli akram (alayhissalom): “Yetimni qarmog‘iga olgan kishi bilan men jannatda, Mana bunday yonma-yon turaman”, dedilar hamda ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juftlab ko‘rsatdilar” dedilar,
Shuning uchun har bir musulmon atrofidagi nochorlarga kambag‘al-faqirlarga qo‘lidan kelganicha yordamini ayamay, saxovatpesha, sadoqatli bo‘lishi lozim. Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qudsiy hadisda bunday deganlar: “Albatta, Alloh taolo yaxshi va yomon amallarni ham yozib, uni quyidagicha bayon etdi: Kim bir yaxshilik qilishga ahd etsayu, ammo amalga oshira olmasa, Alloh taolo uning uchun O‘z huzurida komil inson yaxshilik qildi, deb yozib qo‘yadi. Agar yaxshilik qilishga qaror berib,uni amalga oshirsa, unga Alloh taolo O‘z huzurida o‘n savobdan yetti yuz savobgacha, hatto bundan bir necha barobar ko‘p savob beradi. Agar biror yomonlik qilishni o‘ylasayu, uni amalga oshirmasa, Alloh taolo unga bir yaxshilik savobini beradi. Yomonlik qilishga qaror bersayu uni amalga oshirsa, Alloh taolo unga bitta yomonlik yozadi” (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).
Alloh taolo barchalarimizni yaqinlarimizga, muhtoj kishilarga yaxshilik qilishda peshqadamlardan bo‘lishimizni, beradigan xayr-ehsonlarimizni ixlos va chin dildan ato etuvchi saxovatli insonlar safida joy olishimizni nasib aylasin.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


