Salomatlik
“Kam ovqatlanaman, lekin ozmayapman”: vazn tashlashga to‘sqinlik qiladigan omillar
Sezilmaydigan tamaddilar, stress va haddan tashqari kaloriya tanqisligi vazn tashlashga xalal beradi hamda umumiy holatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bular ozish jarayoni keskin sekinlashishining yagona sabablari emas. Quyida Daryo shu va boshqa omillar haqida batafsil to‘xtalgan.
Kam yesa ham nega ozish qiyin?
Ko‘pchilik kamroq yeyish avtomatik tarzda vazn kamaytiradi, deb o‘ylaydi. Ammo iste’mol hajmi kichik bo‘lsa ham, quyidagi omillar natijaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
1. Mahsulotlarni noto‘g‘ri tanlash
Ovqat miqdori kam bo‘lsa ham, oqsil, yog‘ va uglevodlarning noto‘g‘ri taqsimlanishi ozishga xalaqit beradi. Rafinadlangan uglevodlar ko‘pligi va oqsil hamda foydali yog‘lar yetishmasligi energiya muvozanatini buzadi.
2. Ko‘p va mayda tamaddilar
Choy bilan yeyilgan kichik konfet yoki pechenye, boladan ortgan ovqatni tugatib qo‘yish, tanaffus paytida yeb qo‘yilgan sendvich — bular sezilmaydi, ammo kunlik me’yorga bir necha yuz kilokaloriya qo‘shib yuboradi. Yomon tarafi, bunday tamaddilar to‘qlik hissini bermaydi va qisqa vaqt ichida yana ochlik seziladi.
3. Juda kam kaloriya iste’mol qilish
Qattiq kaloriya tanqisligida organizm energiyani tejash rejimiga o‘tadi: modda almashinuvi sekinlashadi, tana harorati pasayadi. Inson holsizlanadi, ish qobiliyati susayadi. Keyingi ortiqcha ovqatlanishda esa ortiqcha kaloriyalar tezda yog‘ zaxirasiga aylanadi.
4. Jismoniy faollikning yetishmasligi
Vazn tashlash faqat parhez bilan emas, harakat bilan ham bog‘liq. Ayniqsa, kuch ishlatiladigan mashqlar mushak massasini saqlab, modda almashinuvini tezlashtirishga yordam beradi.
5. Uyqu muammolari va doimiy stress
Yetarlicha uxlamaslik va surunkali stress gormonal muvozanatni buzadi. Uyqusizlikdan aziyat chekadigan yoki kuniga 7 soatdan kam uxlaydigan odamlarda vazn tashlash qiyinroq kechadi.
6. Suyuq kaloriyalar
Sharbatlar, gazlangan ichimliklar, shirin choy va qahva, shuningdek, alkogolli ichimliklar ham yuqori kaloriya manbayi. Biroq ular to‘qlik hissini bermaydi. Natijada kunlik kaloriya me’yorini sezmagan holda oshirib yuborish mumkin.
Yodda tuting, har bir organizm individual. Vazn kamayish tezligi genetik va fiziologik omillarga ham bog‘liq. Muhimi, bu jarayonga ongli va muvozanatli yondashish.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


