Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (09.05.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 9-may, shanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun eng avvalo salomatligingiz haqida qayg‘urishingiz talab etiladi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Moliyaviy masalada chegaradan chiqmang, yo‘qsa muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Agar suyukli insoningiz tuyg‘ulari qanchalar sofligini isbotlab ulgurgan bo‘lsa, shubhalanishdan ne naf? Noo‘rin shubhalar yolg‘izlanib qolishingizdan boshqasiga yaramaydi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

To‘g‘ri yo‘ldan adashmaslik uchun barcha masalalarni, harakatlarni joy-joyiga qo‘yib chiqishingiz lozim bo‘ladi. Ogohlik bu inson uchun eng yaxshi sifatdir.

Arslon (24.07 — 23.08)

Birdaniga bir talay ishga yopishmang. Natijasi yaxshi bo‘lmaydi. Agar oldingizga ezgu maqsad qo‘ygan bo‘lsangiz, maqsad sari olg‘a qadam tashlang.

Parizod (24.08 — 23.09)

Shaxsiy biznesingizga ega bo‘lsangiz, raqobat har qachongidek albatta bo‘ladi. Unga qarshi halollik bilan kurashing.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Suyukli insoningiz bilan munosabatlaringizda tumanli lahzalar paydo bo‘lishi mumkin. Bu masalaga ehtiyotkorona munosabatda bo‘ling.

Chayon (24.10 — 22.11)

Xotirjamlik bilan qo‘shimcha daromad keltiradigan ish toping. Suyukli insoningiz yoningizda. U ham sizga yordam qo‘lini cho‘zmay qolmaydi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Miyangizda ish bilan bog‘liq yangi g‘oyalar, rejalar ko‘p. Ularni hayotga tadbiq etish, haqiqatga aylantirish payti yetdi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Asosiy ishlarni bajarishingizda ilhom xuddi ishtaha kabi sizning tepangizda aylana boshlaydi. Uning ko‘magida ishlaringizni baroridan keltirasiz.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Muhabbatda oila qurmaganlar ilgari duch kelib ko‘rmagan yoqimsiz vaziyatlarga ro‘baro‘ bo‘lishlari kutiladi. Agar bu xiyonat bo‘lsa, sukut saqlang, shu yo‘l bilan xiyonatkorni jazolang.

Baliq (20.02 — 20.03)

Hayotga, ishga, odamlarga, borliqqa optimistik nazar bilan boqing.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.