Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (10.05.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 10-may, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Muhabbatda juftingizdan shubhalanaverish o‘rniga romantika ko‘proq bo‘lishini ta’minlang. Kechki payt ayrimlar olis safarga jo‘nab ketishlari kutiladi.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Yaqinlaringiz bilan munosabatlarda juda sabrli bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Bugun hech bo‘lmasa bir soatgina yolg‘iz qoling, sokinlik hukmiga bo‘ysuning. Tasodifiy tanishuvlardan nari bo‘ling.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Janjalli lahzalardan qanday yo‘l bilan bo‘lmasin o‘zingizni olib qoching. Yo‘qsa janjaldan boshingiz chiqmaydi.

Arslon (24.07 — 23.08)

Ertalabdan bayramona kayfiyatda bo‘lishingiz kutilmoqda. Bugun tabiat qo‘ynida dam olish va eng yaqin do‘stlar bilan birga suhbatlar qurish xayrli kechadi.

Parizod (24.08 — 23.09)

Muhabbatda faqat qalbingizgagina quloq tuting. Salomatligingizda muammo bo‘lmaydi.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Kun davomida xarajatlar ham oz bo‘lmasligi mumkin. Lekin bu qo‘rqinchli emas. Pulsiz qolib ketmaysiz.

Chayon (24.10 — 22.11)

Ro‘zg‘or tashvishlarini bartaraf etishda masalaga real ko‘z bilan boqing. Muhabbatda tashqaridan yordam kutmang.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Bir guruh tanishlar yoki do‘stlar davrasida o‘z manfaatlaringizni qattiq turib himoya qilishingiz kutilmoqda.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Shaxsiy hayotda bolalar tarbiyasi yoki ro‘zg‘or ikir-chikirlari tufayli juftingiz bilan janjallashib qolishingiz mumkin.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Erta tongdan asabiylikka yon berib, arzimagan narsaga ham jahl qila boshlasangiz, kayfiyatingiz bir pul bo‘lishi tayin. Bu ishga ham, shaxsiy hayotga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Baliq (20.02 — 20.03)

Imkon bo‘lsa, shaharda yashasangiz, juftingiz bilan kino, teatrga tushing. Ana shu narsa sizga hayotdan xursandlik, qoniqish hissini taqdim etadi.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.