Mashhurlar
Barno Qodirova turmush o‘rtog‘i bilan xorijga ketishni istamagani va 45 yildan beri uxlolmasligi haqida
Mahoratli aktrisa, dublyaj ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Barno Qodirova “Milliy” telekanalining ”Ayol qalbi” dasturi mehmoni bo‘ldi. Ko‘rsatuv davomida aktrisa hayotdagi yo‘qotishlaridan so‘ng uyqusizlikka yo‘liqqani, 12 yildan buyon turmush o‘rtog‘i bilan faqat qo‘ng‘iroq orqali gaplashayotgani va ijodida yangilik qilib duet qo‘shiq kuylagani haqida so‘zlab berdi. Daryo shular haqida yozmoqda.
“Hayotdagi yo‘qotishlardan so‘ng uxlolmaslik kasaliga yo‘liqdim”

Oilada yetti nafar farzandning kattasiman. Dono singlim Moskvaga amaliyotga borib kelganimda olamdan o‘tib qolgan. Onam vafotidan olti oy o‘tib, bitta-yu bitta ukam ham hayotdan ko‘z yumgan. Hayotimdagi mana shu yo‘qotishlardan so‘ng 45 yildan buyon uxlolmaydigan kasallikka yo‘liqqanman. Boshdan kechirgan stresslarim sabab dorisiz uyqum kelmaydi. Singlim o‘tib qolganda bitiruvchi talaba edim. O‘qishim, bitiruv spektakladagi rollarim — hammasi yaxshi ketayotgan edi. Singlimning vafoti kutilmagan ruhiy zarba bo‘ldi. Shundan so‘ng ancha yillar davomida davolanib yurdim.
“Vizam bo‘lsa-da, sevgan kasbim tufayli turmush o‘rtog‘im bilan xorijga ketmadim”

Turmush o‘rtog‘im 12 yildan buyon xorijda ishlaydi. Shuncha vaqtdan buyon u kishi bilan ko‘rishmadik. Lekin har kuni telefon orqali ko‘rishib gaplashamiz. Menga ham viza berishgan edi. Men ham ular bilan ketishim mumkin edi. Biroq men bormayman, dedim. Chunki bu yerda ishim — sevimli dublyajim, syomkalarim bor. U yoqda ishim yo‘q, nima qilaman, deganman. Turmush o‘rtog‘im ketganidan buyon serial, kinolar syomkasi, film dublyajlari bilan tinmasdan ishlab yuribman.
Ba’zan hatto mazam bo‘lmay turgan chog‘da ham ishdan chaqirib qolishsa, darrov tuzalib, tetik bo‘lib qolaman. Shunday ekan, odam sevgan ishi bilan shug‘ullansa, ayriliq azobi ham, charchoq ham ta’sir qilmas ekan. Kasbimiz sharafli ishlardan sanaladi. Misol uchun, rahmatli Yayra Abdullayeva ham hatto 90 yoshida sahnada Gavharshodbegim rolini ijro etganlar. To ko‘zimiz ko‘rib, yuragimiz urib turar ekan, oxirgi nafasimizgacha sahnada rol o‘ynashga tayyormiz.
“ ‘Esmeralda’ serialida 13 kishiga ovoz berganman”
Dublyajga institutda o‘qib yurgan vaqtlarimda kirib kelganman. Shundan buyon 50 yil davomida shu soha ichida bo‘lib kelyapman.“Esmeralda” serialida 13 ta qahramonga ovoz berganman. Noila Toshkenboyeva ham 12 ta obrazga ovoz bergan. Shohida Uzoqova esa Esmeraldani ovozlashtirgan. Erkak qahramonlarga marhum san’atkorlar Sanjar Sa’dullayev va Hoshim Arslonovlar ovoz berishgan. Ikkovlarining ham oxirati obod bo‘lsin. Muxlislar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda ularga bir odam 12-13 ta qahramonga ovoz berishi haqida aytganimizda bunga ishonishmasdi. “Qandaydir tugma bor, shuni bosganinglarda, ovozlaring o‘zgarib chiqadi”, deyishardi. Bundan xursand bo‘lib jonli tarzda ham ularga buni isbotlab berardik. Bundan tashqari, yana qator film va multfilmlarga ovoz berganmiz.
“Ijodimga yangilik kiritib qo‘shiq kuyladim”
Hayotda ikki qizim bor, o‘g‘lim yo‘q. Lekin o‘zbek kinosidagi ko‘p kino yulduzlari bilan ona-bola bo‘lib rol ijro etganmiz. Filmlarda hammalari onam deb chaqirishadi. Bloger yigit Shavkat Zulfiqor bilan ham juda ko‘p loyihalarda ona rolini o‘ynab, ona-bola bo‘lib ketdik. O‘zining onasi ikki yil avval olamdan o‘tgan ekan. Shu yigitga ona-bola bo‘lib duet aytish taklifini berdim. “Sevishganlar haqida aytilgan duetlar ko‘p, lekin ona va farzand tilidan aytilganini eshitmagan ekanman. Keling, yangilik qilib birga shu mavzuda duet aytib ko‘raylik”, dedim. Shu bilan she’r yozilib, musiqa bastalanib, so‘ng unga klip ham olindi. Qo‘shiq tayyor bo‘lganidan so‘ng uni ijtimoiy tarmoqlarga ham qo‘yib yuborishdi. Keyingi, Xudo xohlasa, 8-mart bayrami arafasida tayyor bo‘ladigan yangi duetimiz she’rining uch to‘rtligini o‘zim yozdim, she’rning qolgan yarmini Zulfiqorning o‘zi farzand tilidan yozadigan bo‘ldi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


