Mashhurlar
Yorqinxo‘ja Umarovning onasi, xonanda Zohida Umarova “Temir daftar”ga intilayotgan ayollar, “Yurt qadri”ning tarixi va o‘g‘lining taqiqi haqida
Yorqinxo‘ja Umarovning onasi, xonanda Zohida Umarova “O‘zbekiston” telekanalidagi “Hayot va xayol yo‘llari” ko‘rsatuvining mehmoni bo‘ldi. Dastur davomida esa “Yurt qadri” qo‘shig‘ining yaratilishiga turtki bo‘lgan voqea, o‘g‘li Yorqinxo‘ja Umarov onasini qo‘shiq aytmaslikka chaqirgani haqida so‘zlab berdi. So‘zlari orasida xonanda uch farzandni yolg‘iz o‘zi katta qilganini aytib, hozirgi yolg‘iz onalarning “Temir daftar”ga intilishini tanqid qildi. Daryo shular haqida yozmoqda.
“ ‘Yurt qadri’ qo‘shig‘ini kuylaganimga 34 yil bo‘ldi”
— “Yurt qadri” qo‘shig‘imizning yaratilganiga 34 yil bo‘ldi. Buni qarangki, 34 yil oldin bugungi kunimizni gapirib qo‘ygan ekanman. “Darbadar kezmasakim yurt qadrin bilmas emush” — bu bugunning katta mavzusiga aylandi. Vatanimizning qadrini bilmay qayerda, kimlar bilan nimalar qilib yuribmiz?
Lekin men o‘sha vaqtlarda ham o‘z vatanimni qattiq sevgan ekanman. Bu qo‘shiq yozilishidan sal avval Tojikistonda qandaydir urush bo‘layotgandi. Yorqinxo‘jaga homilador paytim edi. O‘sha vaqtlar Rossiya telekanallaridan birida urush bo‘layotgan joydagi bir ona sutini bankaga sog‘ib, unga suv aralashtirib bolasiga berganini ko‘rganman. Buni ko‘rib tinch yurtda yashayotganimga shukur deganman. Lekin qo‘shnimning uyida urush edi. Bunga befarq bo‘lmasligim kerak edi. Rahmatli Anor aka qo‘shiqni tayyorlab, “bir eshitib ko‘rgin-chi, Zohida”, deb chaqirganida tug‘ish vaqtim yaqinlashib qolgan bo‘lsa ham, borib, qo‘shiqni eshitib ko‘rganman va aytganman, deydi u.
“Insoniy ilmimiz yo‘qligi uchun noshukurmiz”

— Ilmsizligimiz uchun noshukurmiz. Noshukurlikni shundan deb bilaman. To‘g‘ri, hozir kimdir gaplarimga qarshi chiqib “uyimda yillab nimamdir yo‘q”, deyishi mumkin. Sabr. Biznikida ham kunlab nonimiz bo‘lmagan. Isyonim ichimda bo‘lgan. To‘g‘ri, insonning baribir ichida bo‘lsa ham, isyoni bo‘ladi. Faqat kimdirlar buni tashqariga chiqaradi. “Meni boqish kerak. Ikki yoki uch bolam bilan bir o‘zim qolib ketdim. ‘Temir daftar’ga kiritinglar meni”, deydi. Nima o‘zi u “Temir daftar”? Nimaga unga kiritilishi kerak? Keling, o‘zimiz harakat qilib ko‘ramiz. Uch farzandimni boqish uchun men ham harakat qilganman. Bir kuni Navoiyda to‘y xizmatim bor edi. Tashqarida yomg‘ir chelaklab quyib yotibdi. Bir o‘zim viloyatga safarga yo‘lga chiqqanman. Yarim yo‘lga yetganimda yomg‘ir do‘lga aylangan. Xudojon, eson-omon yetib olay, deb borib kelganman o‘shanda. Yarim kechasi uyga qaytsam, bolachalarim uxlamasdan meni kutib o‘tirishgan ekan. Yomg‘ir-do‘l juda qattiq yog‘ganida onasi yonida bo‘lmagani uchun uxlolmagan. Avtomobilim, uyim bo‘lsa-da, non sotib olishga bir necha kunlab pulim bo‘lmagan kunlar bo‘lgan. Ammo qanday kun bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zimga sabr qil, deb kelganman, deydi xonanda.
“O‘g‘lim qo‘shiq aytmasligimni so‘radi”

Suhbat davomida Zohida Umarova o‘g‘li Yorqinxo‘ja onasining qo‘shiq kuylashiga qarshi ekanini bildirib, dastur orqali o‘g‘liga murojaat qildi.
— Yorqinxo‘ja, podshohim, erkak bo‘lganing uchun onangga chegara qo‘ymoqchi bo‘lding-a, bolam? Seni tushunaman, ammo bugun o‘sha chegara yo‘q. Buning uchun mendan xafa bo‘lmagin. Ko‘zlaringga qarab bilamanki, qo‘shiq aytib va birovlarning koriga yaraganing uchun baxtlisan. Bularni ona bo‘lganim uchun his qilaman. O‘g‘lim ham meni shunday qabul qilsin. Lekin erkaklik uchun, g‘urur, or uchun, onasini asragani uchun “Ona, qo‘shiq aytmang, omma oldiga chiqmang”, degani uchun unga ta’zimlarim va tashakkurlarim bo‘lsin. U erkak sifatida haq. Ammo onaning baxti hozir qo‘shiq aytishida, deydi xonanda Zohida Umarova.
Sharhlash uchun siz saytga kirishingiz lozim.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi



Muxabat Karimova
08:12, 21.05.2026
Эри йу́к-да, шунинг учун у́ґлини келинга бергиси келмайди
Abdullah Abdullah
06:40, 21.05.2026
Даюсни онаси деб тугрисини ёзинглар
Мукаддас Джаббарова
06:36, 21.05.2026
Бита юрт кадри кушиги Зур холос УЗИ росаям бачкана турки совук
Мукаддас Джаббарова
06:35, 21.05.2026
Бумаса Эр буласизми сиз
Muxabat Karimova
23:35, 20.05.2026
Качон карасанг, у́ґлини кучоклаб туради, бачканалар. Келинга бер, энди уни.
Gulnora Roziyeva
17:26, 20.05.2026
Ona bola masxarabozu bular xaraktlari bachkana sirkchilar
Санобар Худайберганова
15:58, 20.05.2026
Media: https://www.facebook.com/photo.php?fbid=1474795744128454&set=p.1474795744128454&type=3
Санобар Худайберганова
15:55, 20.05.2026
Media: https://www.facebook.com/photo.php?fbid=1474794157461946&set=p.1474794157461946&type=3
Санобар Худайберганова
15:55, 20.05.2026
Media: https://www.facebook.com/photo.php?fbid=1474792827462079&set=p.1474792827462079&type=3
Сайёра Аширмат
14:12, 20.05.2026
УЗИ Яна бошка кушиги борми
Alpaslan Qora Kuz
08:16, 20.05.2026
Oson emas yolgʻiz aravani tortib bolalarni kotta qilish judayam judayam samimiy ayol bu opamiz Allohim uzi rozi bulsin bu ayoldan
Murod Karimov
07:24, 20.05.2026
Qachondan artist zoti gapirsa hamma etibor ulaga qaridigan boldi.
Латифхўжа Эшон Усмонхужаев
05:50, 20.05.2026
Кинода «Шохим бу ким, олдин олдин саройда қорасиям йўқ эдию» деганида шох «Бу Антон Шпакнинг дўсти» деганидек бу опаям олдин хеч жойда кўринмасди.Мухтарам вазиримизга қула бўлдилару кунда шунда бўлиб қолдилар.
Hadicha Ishniyazova
05:00, 20.05.2026
Росса бачканей шу аел ешига нисбатан
Ардашер Рахмонов
17:38, 19.05.2026
Эри борми
Lola Raximova
03:49, 18.05.2026
Сизга мас гапириш
Малика Турандод
16:49, 17.05.2026
Ikkichi Bola писиб йотодингу денггг
Малика Турандод
16:48, 17.05.2026
Йордамга мухтожмикин
Baxtiyora Mamajonova
16:05, 17.05.2026
Yilning eng qo‘rqinchli ayol honandasi
Ikkichi Bola
09:11, 16.05.2026
узингча назарбеков бн куда булиб гапирадиган булишдингми