Buxoro yangiliklari
“Kechikkan” qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berildi
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish adliya organlarning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib, Kogon shahar adliya bo‘limi tomonidan bu borada bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Kogon shahar adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5969-sonli Farmonining ijrosi Kogon shahar tibbiyot birlashmasida tashkil etilishi holati monitoring qilinganda koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha bemorlar bilan ishlash bo‘yicha 76 nafar tibbiyot birlashmasi xodimlari jalb etilganligi biroq ushbu xodimlarining jami 88 389 463 so‘mlik 6 foizli qo‘shimcha to‘lovlari to‘lanmasdan qolganligi aniqlangan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5969-sonli Farmonining 17-bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berish topshirilgan.
Adliya bo‘limi tomonidan aniqlangan qonun hujjatlarining buzilishi holatlari va ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan Kogon shahar tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritildi. Biroq shahar tibbiyot birlashmasi rahbariyati tomonidan 6 foizli qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berilmagach, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksining 171-moddasi 5-bandiga asosan ya’ni hisoblangan, lekin xodimga to‘lanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish maqsadida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudiga qarzdordan qo‘shimcha to‘lov undirish haqidagi ariza kiritildi.
Kiritilgan ta’sir choralari natijasida jami 76 nafar tibbiyot birlashmasi xodimlarining jami 88 389 463 so‘mlik 6% li qo‘shimcha to‘lovlari to‘lab berilishi ta’minlandi.
Nodir Hoshimov, Kogon shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi