Buxoro yangiliklari
Romitan tumani innovatsion hududga aylanadi
“Ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-6198-son, 01.04.2021 y.) qabul qilindi.
Farmon bilan Innovasion rivojlanish vazirligining asosiy vazifalari hamda 2021-2022 yillardagi ustuvor faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.
Farmonga muvofiq, hududlarda ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish maqsadida Vazirlik tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari tashkil etildi.
Shuningdek, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi unga Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg‘armasi va Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini qo‘shib olish yo‘li bilan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi etib qayta tashkil etildi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlar ro‘yxati (13 ta) tasdiqlandi.
OTMning ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash tizimi joriy qilinadi.
Shunga ko‘ra, har yil yakuni bo‘yicha ilmiy tashkilotlarning hamda har o‘quv yili yakuni bo‘yicha OTM ning ilmiy va innovasion faoliyati baholanadi.
Baholash natijalariga ko‘ra, OTM va ilmiy tashkilotlar rahbarlariga nisbatan rag‘batlantirish yoki intizomiy jazolarni qo‘llash haqida tegishli vazirlik va idoralarga taqdimnoma kiritiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi