Buxoro yangiliklari

Soxta tabiblarga ishonmang – SSV

photo 206

Loading

Kuni kecha internetda «Tabib Mahmud Ali Hasan (to‘liq ismi: Mala Ali Kurdistani) Buxoroga keladi» mazmumdagi xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bu borada o‘z munosabatini bildirdi.

Inson hayoti davomida turli kasalliklarga duchor bo‘ladi. Kasallikdan forig‘ bo‘lish yo‘lini izlar ekan, bemor davolashning turli usullariga, jumladan zamonaviy tibbiyotga, xalq tabobati usullariga va ilohiy shifoga murojaat qiladi.

Ma’lumki, zamonaviy tibbiyot ilmiy asoslangan va klinik amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan natijalarga, xalq tabobati esa uzoq yillik kuzatuv, sinov va tajriba natijalariga tayanadi. Ilohiy shifoning asosini esa ishonch va e’tiqod tashkil etadi.

Inson ruhiyati orqali davolashni maqsad qilgan yana bir toifa tabiblar borki, hamma vaqt ham ularning usullarini quvvatlab bo‘lmaydi.

Jumladan, gipnoz va ekstrasenslik qobiliyatlaridan foydalanish orqali, biotok va energetika maydonlari hamda turli diniy udumlarni qo‘llash yordamida davolashga urinish ana shular jumlasidandir.

Kasalliklarni turli noodatiy yo‘llar bilan davolashga da’vogarlik qilayotgan firibgarlarni hayotimizda ko‘p uchratamiz. Bu borada ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in mulohazalar bo‘lganligini ko‘pchilik eslaydi ham.

Shu o‘rinda aholining ishonch va e’tiqodidan foydalanib, sohta tabiblik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayrim kimsalarning aldoviga uchrab qolishdan ogoh etmoqchimiz.

Noodatiy yo‘llar bilan davolashni taklif qilayotgan ayrim soxta tabiblar ta’siriga tushib qolishdan ehtiyot bo‘ling.

Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 29 dekabrda 3111 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat ko‘rsatish tartibi va hajmlari to‘g‘risida”gi nizomda ham okkultizm-afsun, shuningdek diniy marosimlar orqali kasalliklarni davolash xalq tabobati hisoblanmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shu boisdan yurtdoshlarimizdan muqaddas dinimiz nomidan foydalanib, soxta obro‘ orttirishga urinayotgan tovlamachilardan ehtiyot bo‘lishlarini va o‘z sog‘liklarini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.