Salomatlik
Vaksina olish kerakmi yoki yo‘q?
COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash boshlanishi bilan ko‘pchilik vaksina olish kerakmi yoki yo‘qmi degan tanlovga duch keldi. Bu savolga javob berish uchun, vaksinalarning Insoniyat hayotidagi ahamiyatini ko‘rib chiqamiz.
Umuman olganda, vaksinalar zamonaviy tibbiyotning eng katta yutuqlaridan biri hisoblanadi, ular yuqumli kasalliklar tarqalishi tarixida o‘zlarining samaradorligini isbotlab bo‘lgan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinalar har yili 20 dan ortiq hayot uchun xavfli kasalliklardan 2-3 million o‘limning oldini oladi. 25-30 yil oldin keng tarqalgan bolalik kasalliklari tobora kamyob bo‘lib bormoqda va yuz millionlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan chechak butunlay yo‘q qilindi.
Vaksinaning mohiyati jamiyatda yuqumli kasallik tarqalishini butunlay to‘xtatishga qodir bo‘lgan kollektiv immunitetni shakllantirishga qaratilgan. Masalan, bitta mamlakatda qizamiqni yo‘q qilish uchun emlash darajasi 95% bo‘lishi kerak.
Biroq, emlanmaganlar soni ko‘p bo‘lsa, ma’lum bir kasallikka qarshi kollektiv immunitet pasayadi. Bunday holda, o‘z vaqtida emlanganlarda ham kasallikni o‘ziga yuqtirish xavfi ortadi, bu esa kasallikning takroran tarqalishiga olib kelishi va qayta emlanishni talab qilishi mumkin.
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, vaksinani ko‘proq odam qanchalik tez fursatda olsa, odatiy hayotga qaytish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Bugungi kunda Isroil COVID-19 ga qarshi emlash bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Ushbu mamlakatning 53% dan ortiq aholisi to‘la emlandi va taxminlarga ko‘ra Isroil koronavirus ustidan birinchilardan bo‘lib g‘alaba qozonadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi