Buxoro yangiliklari
Buxoroda Hayit bayrami kunlarida tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq, Qurbon hayiti munosabati bilan 27-maydan boshlab aholi uchun ketma-ket 5 kun dam olish kunlari etib belgilandi. Shu munosabat bilan Buxoro viloyatidagi barcha tibbiyot muassasalari bayram kunlarida ham uzluksiz faoliyat yuritadi.
Bu haqda Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Adilov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda bayram va dam olish kunlarida tibbiy xizmatlar uzluksizligini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida maxsus navbatchilik tashkil etilgan. Shuningdek, barcha tibbiyot birlashmalari, ko‘p tarmoqli markazlar va ularning filiallarida ham mas’ul navbatchilar faoliyat olib boradi.
27-maydan 1-iyunga qadar tuman, shahar, viloyat va respublika darajasidagi barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari, shuningdek, tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari aholiga navbatchilik asosida tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Bayram kunlarida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali hamda hududlardagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari 24 soatlik rejimda ishlaydi. Muassasalarda navbatchi shifokorlar va hamshiralar faoliyat yuritib, zarur dori-darmonlar hamda zaxira o‘rinlari bilan ta’minlangan.
Shuningdek, “103” tez tibbiy yordam xizmati ham odatiy tartibda faoliyat ko‘rsatadi. Respublika tez tibbiy yordam markazining Buxoro viloyati filiali, uning stansiya, podstansiya va tayanch punktlaridagi brigadalar aholi va mehmonlardan kelib tushadigan chaqiruvlarga doimiy shay holatda xizmat ko‘rsatadi.
Qolaversa, barcha tug‘ruq muassasalari va bolalar davolash maskanlarida ham tibbiy xizmatlar uzluksiz tashkil etilib, navbatchilik asosida faoliyat olib boriladi.
Mas’ullar tomonidan qayd etilishicha, bayram va dam olish kunlarida aholiga malakali va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish uchun sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari to‘liq shay holatga keltirilgan.
Mutaxassislarning fikricha, uzoq davom etadigan bayram kunlarida tibbiyot tizimining uzluksiz ishlashi aholi salomatligini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tez tibbiy yordam, tug‘ruq va bolalar muassasalarining doimiy faoliyati favqulodda holatlarda tezkor yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
Fuqarolar zarur masala yoki muammolar yuzasidan Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining “1064” qisqa raqamli ishonch telefoni hamda @tib1064bot Telegram-boti orqali murojaat qilishlari mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


