Hodisalar

Buxoro shahar IIB sobiq tergovchisi dalillarni soxtalashtirishda gumonlanib qidiruvga berildi

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Buxoro shahar IIB sobiq tergovchisi L.Toshpo‘latovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi. U tergov davomida olingan ashyolarni saqlash tartibini buzish hamda ayrim holatlarda dalillarni soxtalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarda gumonlanmoqda. Daryo shu haqida yozmoqda.

Bosh prokuratura taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, L.Toshpo‘latov 2020-yildan 2025-yil iyuligacha Buxoro shahar IIO FMB tergovchisi lavozimida ishlagan. Keyinchalik Peshku va Romitan tumanlarida profilaktika inspektori bo‘lib faoliyat yuritgan. U 2025-yil 30-dekabr kuni ichki ishlar xodimi sha’niga putur yetkazuvchi harakatlar sodir etgani sabab xizmatdan bo‘shatilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, tergovchi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tintuvlarda olingan tilla taqinchoqlar, bank kartalari va flesh-xotiralar belgilangan tartibda saqlashga topshirilmagan. Oqibatda ushbu ashyolar yo‘qolgani aytilmoqda. Shuningdek, qiymati 10 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan bir nechta tilla buyumlar ham yo‘qolgani qayd etilgan.

Ma’lumotnomada yana bir jinoyat epizodi tafsilotlari ham ochiqlangan. Unda aytilishicha, 2025-yil fevral oyida Vobkent tuman IIB profilaktika inspektori Sh.Izzatulloyev turmush qurgan ayol bilan uchrashib turgan vaqtida ayolning eri tomonidan pichoqlangan. Holat yuzasidan 102 xizmatiga qo‘ng‘iroq ham qilingan.

Biroq tergov davomida ushbu voqeani yashirishga urinish bo‘lgani aytilmoqda. Xususan, tergovchi L.Toshpo‘latov va boshqa shaxslar tomonidan voqea bo‘yicha soxta tushuntirish xatlari rasmiylashtirilgani, hodisa joyidagi ayrim dalillar bayonnomaga kiritilmagani hamda jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror chiqarilgani qayd etilgan.

Qayd etilishicha, ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 230¹-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan alohida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2026-yil 29-aprel kuni L.Toshpo‘latovga sirtdan ayb e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan va qidiruv e’lon qilingan. Profilaktika inspektori Sh.Izzatulloyev ham qamoqqa olingan.

Shuningdek, yana bir necha shaxs ish bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.