Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (29.05.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 29-may, juma kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)

Bugun nima ish qilsangiz ham faqat jamoaviylikka asoslangan holda harakatlar sodir eting.

Buzoq (21.04 — 21.05)

Oilaviy hayotda sal beparvoroq bo‘lmasangiz sira iloji yo‘q. Asabni asrang. Salomatlikka e’tibor bilan yondashing.

Egizaklar (22.05 — 21.06)

Tafakkur hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Ayniqsa, moliyaviy ahvolingizni yaxshilash uchun aynan tafakkur yordam berishi mumkin.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)

Muhabbatda ham sergaklik bilan harakatlar sodir eting. Bu oila qurmaganlar uchun juda muhim.

Arslon (24.07 — 23.08)

Bugun juda ajoyib va mehribon, saxovatli inson bilan tanishishingiz kutiladi. U odamdan ko‘plab xabarlarni eshitasiz.

Parizod (24.08 — 23.09)

Shaxsiy biznesingizga ega bo‘lsangiz, yangi sheriklar sizga foydali kelishuvlarni taklif etishlari mumkin. Daromad yaxshi bo‘lsa, rozi bo‘lganingiz ma’qul.

Tarozi (24.09 — 23.10)

Xatoliklar, adashishlar quliga aylanib qolmaslik uchun har bir qadamingizni o‘ylab bosishingiz tavsiya etiladi. Shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang.

Chayon (24.10 — 22.11)

Bugun har bir vaziyat bilan hisoblashing. Kamchilik-nuqsonlaringiz oshkor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. Faqat ishonchli yo‘llardan yuring.

O‘qotar (23.11 — 21.12)

Yangi loyihalarni amalga oshirishda picha hazil va beg‘amlikni tanlang. Shunda asabiyliklardan xoli bo‘lasiz.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)

Bugun tanani chiniqtirishga yo‘naltirilgan muolajalar, psixolog maslahatlari xayrli o‘tadi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)

Bugun pulni aslo birinchi o‘ringa qo‘ya ko‘rmang. Aks holda ular sizni tashlab borsa kelmas tomonlarga qochib qolishi turgan gap.

Baliq (20.02 — 20.03)

Ishingiz yengil bo‘lsa ham vaqtida nafas rostlashni, dam olishni unutmang. Shaxsiy hayotda bir qadamgina noto‘g‘ri tashlangan qadam siz uchun qimmatga tushishi mumkin.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha...

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.