Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (02.06.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 2-iyun, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun atrofdagilar bilan muloqotda hazil-mutoyiba aralashtirsangiz, faqat yutasiz. Do‘stlaringiz, tarafdorlaringiz ko‘payadi.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Agar kunning ikkinchi yarmida o‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, darrov vrach huzuriga boring.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Kunning ikkinchi yarmida kimlardir lotereyaga katta pul yutishi, kimlarningdir plastik kartochkasiga pul kelib tushishi kutiladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun ishingiz ko‘p bo‘ladi. Ammo dam olishni ham unutib qo‘ymang.

Arslon (24.07 — 23.08)
Atrofdagilarning aksariyati sizdan yordam so‘rayverib bezor qilishi mumkin. Shuning uchun ulardan o‘zingizni olib qochishingiz kerak.

Parizod (24.08 — 23.09)
Eng muhim va yangi g‘oyalaringiz bugun haqiqatga aylanadi. Biroq mayda-chuyda ishlarni ham ko‘zdan qochirmang.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Ishxonangizdagi yumushlarni bajarishda faqat oldinga boqing. Yaqin o‘tmishni esga olishdan tiyiling. Pul masalasida bugun omadingiz kelmasligi mumkin.

Chayon (24.10 — 22.11)
Ishda va jamiyatdagi obro‘yingizga putur yetishi ehtimolga yaqin. Buning oldini olish uchun ishxonadagi sizga nisbatan yoshi ulug‘, tajribasi ko‘p hamkasblardan maslahat oling, ziyon ko‘rmaysiz.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Ro‘zg‘ordagi muammolarni yaqinlaringiz bilan bamaslahat hal eting. Bugun moliyaviy masalada omadingiz chopadi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugun kunning birinchi yarmida kimlar bilandir bahslashib, aytishib qolishdan saqlanishingiz tavsiya etiladi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Oshqozoningiz og‘riy boshlasa, demak, ovqatlanish rejimiga amal qilmagan bo‘lib chiqasiz. Jismoniy zo‘riqishdan saqlaning. Jarohat olishingiz xavfi yuqori.

Baliq (20.02 — 20.03)
Kechqurun yaqinlaringiz bilan yoqimli suhbatlar quring, sevimli xobbingiz bilan shug‘ullaning.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.