Islom
To‘rt narsa kimga berilgan bo‘lsa, dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi…
Hayot kechirishimiz uchun Аlloh taolo ato etgan neʼmatlar shunday behisobki, ularni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Bularning shukrini ado etish esa har bir kishining bandalik burchidir. Shukronalik eng avvalo, Аlloh azza va jallaga taqvo qilishda, Unga toat va iltijoda bo‘lishdadir.
Teran fikr yuritib ko‘rsak, bizga ato etilgan neʼmatlarning zavol topishiga isrofgarchilik, yolg‘on so‘zlash, g‘iybat, tuhmat kabi amallarimiz sabab boʼladi. Zero, bu borada Qurʼoni Karimda shunday marhamat qilinadi: “Yana Robbingiz eʼlon qilgan (bu so‘zlar)ni eslangiz: “Qasamki, agar (bergan neʼmatlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir” (Ibrohim surasi, 7-oyat).
Neʼmatlar shukri, uni qay tarzda ado etish borasida Payg‘ambar alayhissalom hadisi shariflarida quyidagicha bayon qilganlar: “To‘rt narsa kimga berilgan bo‘lsa, dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi: zikr qilguvchi til, shukr qilguvchi qalb, sabr qilguvchi badan va soliha jufti halol”. Ibn Аbbos roziyallohu anhumodan (Tabaroniy rivoyati).
Hukamolar shukrni ikki turga bo‘ladilar: umumiy va xususiy. Umumiy shukr til bilan hamd aytish, Аllohning neʼmatlarini eʼtirof etishdir. Xos shukr esa, til bilan hamd aytish, qalb bilan tanish va solih amallarni qilish hamda nopok narsalardan saqlanishdir.
Mo‘min kishi xos shukrni o‘ziga kasb etmog‘i lozimdir. Аgar kishi qaysi kasb-hunar sohibi bo‘lishidan qatʼiy nazar shukronai xosda bo‘lsa, albatta, Parvardigor unga va xonadoniga baraka yog‘diradi. Umriga, rizqiga kengchilik beradi va u kutmagan tomondan bandasini rizqlantirib turadi. Аlloh taolo barchamizni shukr qilguvchi qalb sohiblaridan qilsin!
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


