Islom

Rasululloh s. a. v.: “Kim rizqining keng bo‘lishini yoki umrining uzaytirilishini istasa, silai rahm qilsin”

photo
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim rizqining keng bo‘lishini yoki umrining uzaytirilishini istasa, silai rahm qilsin”, dedilar.

Demak, qarindosh-urug‘lari bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, ularga yaxshilik qilgan, yordam bergan va xayr-ehson ko‘rsatgan kishining rizqiga Alloh taolo baraka beradi, mol-dunyosini ziyoda qiladi. Shu bilan birga, uning umriga ham baraka ato etib, odamlarga yaxshi nom va go‘zal xotira qoldirishiga sabab bo‘ladi. Bu esa silai rahmning nafaqat oxiratda, balki dunyoda ham katta foyda va samara berishini ko‘rsatadi.

Tashqaridan qaraganda, qarindoshlariga yordam bergan odamning moli yoki puli kamaygandek tuyulishi mumkin. Aslida esa, Alloh taolo bu yaxshilikning evaziga uning moliga baraka beradi, rizqini kengaytiradi va uni odamlar orasida yaxshi nom bilan eslanadigan bandalar qatoriga qo‘shadi.

Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: “Alloh azza va jalla: “Men Rohmanman. Rahmni (qarindoshlik rishtalarini) Men yaratganman va unga O‘z ismimdan nom berganman. Kim uni bog‘lasa, Men ham uni bog‘layman. Kim uni uzsa, Men ham undan aloqani uzaman”, degan”, dedilar.

Ushbu hadisi qudsiyda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qarindoshlik aloqalarini mustahkamlashning ulug‘ fazilati va uni uzishning og‘ir oqibatlari haqida Alloh taoloning kalomini bayon qilganlar.

Silai rahm ana shunday ulug‘ va fazilatli amaldir. Har bir mo‘min-musulmon uning savobi va barakasidan umidvor bo‘lib, qarindoshlik rishtalarini mustahkamlashda bardavom bo‘lishi lozim.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.