Qiziqarli
Kapsula yoki gel: kir yuvishda qaysi biri samaraliroq?
Kir yuvish kapsulalari avtomat kir yuvish mashinalarida foydalanish uchun ishlab chiqilgan zamonaviy vositadir. Har bir kapsula bir marta yuvish uchun yetarli bo‘lib, uning ichiga ba’zan konditsioner, dog‘larni bartaraf etuvchi yoki oqartiruvchi vositalar ham qo‘shilgan bo‘ladi. Kapsulalarning quyuq gelsimon hajmi kir yuvish mashinalarida foydalanish uchun to‘liq moslashtirilgan.
Yodda tutish lozimki, kapsulalar qo‘lda kir yuvish uchun mo‘ljallanmagan, chunki ularning suvda eruvchan maxsus qobig‘i faqat avtomat mashinada eriydi. Kapsulalar yanada samarali bo‘lishi uchun ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomadagi qoidalar va quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim.
Gelli kapsulalardan foydalanish tartibi
Kir yuvish kapsulasini kiyimlardan avval kir mashina barabanining chuqurroq chekkasiga solinadi. Bir dona kapsula 4-5 kilogramm kiyimni yuvish uchun yetadi. Shuningdek, baraban ichida juda kam yoki haddan ortiq ko‘p kiyim bo‘lishi kapsula yaxshi erimasligiga va kiyimlarda yopishqoqlik yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Kapsula erishi uchun optimal harorat 40 daraja va undan yuqoridir. Shu sababli kapsula sotib olayotgan vaqtda uning ishlatish qoidalari bilan tanishib chiqish zarur.
Kapsuladan foydalanish imkoni bo‘lmasa-chi?
Ba’zi nozik kiyim-kechaklarni 40 darajadan past haroratda yuvish talab etiladi. Bunday holatda kapsula o‘rniga suyuq poroshok — geldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Kir yuvish geli har qanday haroratda to‘liq eriydi va kiyim-kechakka zarar yetkazmay tozalaydi. Bunday gel bolalar kiyimi, jun va ipak tolali kiyimlar uchun juda mosdir.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


