Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (12.06.2026)
2026-yilning 12-iyun, juma kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun shaxsiy hayotingiz va ishingiz bilan bog‘liq masalalarda bitta aniq yo‘lni tanlashingiz kerak bo‘ladi. Qo‘rqmang, tanlov sizga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi xolos.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Negadir kimlar bilandir suhbatlashgingiz kelaveradi. Ammo me’yordan oshgan suhbat ham yaxshilikka olib bormaydi. Ro‘zg‘ordagi tashvishlar ham birin-sirin hal bo‘ladi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
O‘z ishingizni yaxshi ko‘rsangiz, kunim tug‘di deyavering. Birinchi navbatda moddiy ahvolingiz yaxshilanadi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Salomatligingiz masalasida muammo bo‘lsa, o‘zingizcha tabiblik qilishga urinmang. Vrach qabuliga boring.
Arslon (24.07 — 23.08)
Oila qurmagan, bo‘lg‘usi juftini izlayotganlardan biri o‘sha inson yonginasida ekanini ko‘radi. O‘sha lahzalarni tasavvur qilsa bo‘ladi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Ayollar va qizlar uchun go‘zallik saloniga borib kelish muvaffaqiyatli kechadi. Bu sizga qo‘shimcha pozitivlar hadya etadi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Bugun juda noqulay va chalkash bir vaziyatga tushib qolishingiz mumkin va undan chiqib ketish uchun birovlar ko‘magisiz o‘zingiz mustaqil harakat qilasiz.
Chayon (24.10 — 22.11)
O‘zingizni qo‘lga oling. Yaqin insonlarga tanbeh beraverishdan tiyiling. Agar sizda muammo ko‘p bo‘lsa, ularning sira ham aybi yo‘q.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun sodir bo‘ladigan va bo‘layotgan hodisalar majburiyatini o‘z zimmangizga olishingiz kerak bo‘ladi. Ammo qaror chiqarishdan oldin yaxshilab o‘ylang, fikrlang.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Shaxsiy hayotda ba’zilar jufti bilan dahanaki janjallashib qolishi mumkin. Bu o‘tkinchi. Tez fursatda unut bo‘ladi.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Chin yurakdan ishingizni bajaring. Bu vaqt oralig‘ida telefoningizni ham o‘chirib qo‘ying. Keyin omad kela boshlaganini o‘zingiz ko‘rasiz.
Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun zerikishlardan va yolg‘on-u, soxtaliklardan xalos bo‘ladigan kun. Yomon o‘ylar changalidan xalos bo‘lib odatiy hayot tarzingizni kechirishda davom etasiz.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


