Mashhurlar
“Soddaligim sabab koʻp aldanganman”. Vayner Aziza Abdullayeva ishonuvchanligi pand bergan holatlar va turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqida
Vayner va stendap komik, aktrisa Aziza Abdullayeva sanʼatga qanday kirib kelgani, oilaviy munosabatlari va kelajakdagi maqsadlari haqida “O‘zimizning gap” loyihasida so‘zlab berdi. Daryo shular haqida yozmoqda.
Bolalik va sanʼatga ilk qadamlar

— Har bir inson egallagan kasbida yuqori choʻqqilarga erishishni xohlaydi. Xuddi shunday, men ham kichkinaligimdan sanʼatga qiziqib katta boʻlganman. Yoshligimdan sahnalarda insonlarning kayfiyatini koʻtarib kuldirish vazifamdek tuyilardi.
Asli Samarqandning Kattaqoʻrgʻon tumanidanman. Rahmatli dadajonim ham yumorga boy inson boʻlgan. Ular bilan boʻlgan suhbatlarimiz ham hazilga boy boʻlar edi. Shuning uchun keyinchalik estrada-sirk kollejida oʻqiganman. U yerdagi ustozlarim ham menda yumor kuchli ekanini aytishib, koʻproq kitoblar oʻqib, oʻz ustimda ishlashim haqida maslahatlar berishardi.
Poytaxtdagi ilk tajribalar va oilaviy majburiyatlar

Aktrisa 15-16 yoshlaridanoq radio va televideniyeda ko‘rina boshlaganini, biroq kollejni tugatganidan so‘ng o‘z viloyatiga qaytib ketgani haqida quyidagicha so‘zlaydi.
— Kollejda oʻqib yurgan kezlarim koʻp marta Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida “Oʻsmir” studiyasi boʻlar edi. Ustozimiz rahmatli Vohidjon Doʻstmuhammedov bizni oʻsha yerga olib borib turardi. Yana “Yoshlar ovozi” degan koʻrsatuvlar ham boʻlardi. MTRKda koʻp chiqib turardim. Faqat kollejni tugatganimdan soʻng oilada yolgʻiz farzand boʻlganim uchun onam Samarqandga qaytishimni aytganlar.
“Dugonalar” shousidan vaynerlikkacha
— Turmushga chiqib, farzandli boʻlganimdan soʻng bolalarimni bagʻrimga olib yana Toshkentga keldim. Chunki sanʼatga boʻlgan qiziqishim ustun kelgandi. Oliy taʼlimning sanʼat yoʻnalishida sirtdan oʻqiy boshladim. Xususiy kanallarning birida namoyish etilgan “Dugonalar” shousining muxlisi edim. Shu sabab oʻshanda Indira Miftaxovaga meni sinab koʻrib, koʻrsatuvga olishini soʻrab yozganman. U mayli, deb chaqirgan.
Soʻng ko‘rsatuv jamoasiga qo‘shilganman. Indiradan yumor boʻyicha juda koʻp narsalarni oʻrganganman. Shundan soʻng u bilan birga ertalabgacha mehnat qilib, ssenariy yozib chiqqan kunlarimiz boʻldi. Biroz oʻtib jamoamizga Shahboz Sattorov, Islom Karimov, Ozod Shukrulloyevlar qoʻshilishdi. Soʻng ular bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlar uchun oilaviy seriallar olganmiz.
Katta sahna orzusi
— Davralarda, sahnalarda chiqishlar qilib turaman. Lekin hali Hojiboy Tojiboyev, Avaz Oxunlar singari yakkaxon konsertlar bermadim. Yoki stendap komik sifatida Mirshakar Fayzullayev, Ozod Shukrulloyev, Indira Miftaxovalardek darajaga yetmadim. Mana shu insonlar kabi katta saroylarda yakkaxon konsertlarimni berishni maqsad qilganman, deydi Aziza.
“Soddaligim sabab koʻp aldanganman”

— Avvallari soddaligim sabab koʻp aldanganman. Balki sodda koʻrinarman, lekin hozir ichki himoyam kuchli. Bir-ikki yil ichida ancha ulgʻaydim va menda himoya immuniteti paydo bo‘ldi. Avvallari xafalashib qolgan ikki dugonani yarashtirib qoʻyaman, deb oʻrtada yomonga chiqqan vaqtlarim boʻlgan. Yigʻib yurgan pullarimni kimlardir “bolam kasal” yoki shunga oʻxshash sabablar aytsa, berib soʻng ololmay, aldanib qolganman. Maza qilib qayta-qayta aldanganman (kuladi).
Farzandlari haqida
— Ikki nafar farzandning onasiman. Bosh farzandim qizim Laziza, oʻgʻlim Samirbek kichigi. Farzandlarimga koʻp vaqt ajratmaganman. Onam koʻproq ularga qaragan. Shu masalada oʻzimni ozgina ayblayman. Lekin endi ular bilan koʻproq boʻlishga harakat qilyapman.
“Chiroyli xayrlashganmiz”

— Farzandlarimning otasi bilan oilaviy munosabatda emasmiz. Hech bir oilaviy nizolar yoki qandaydir kelishuv boʻlmagan. Hech qanday tortishuvlarsiz, chiroyli xayrlashganmiz. Bolalarim uchun u insonni hurmat qilaman. Men u odamni boshida ijod qilishimga ruxsat bergani uchun tanlagan edim. Chunki mendan avval turmushga chiqqan dugonalarimni kuzatardim, koʻplari har bir ishini soʻrab qilardi. Keyinchalik bu holat oʻta mustaqillikka toʻgʻri kelib qoldi.
Bugungi kunda bolalarimni hozir oʻzim katta qilyapman. Shunday boʻlsa ham u inson bilan salom-aligimiz bor. Bayramlarda tabriklab, yoʻqlab turishadi, deydi Aziza Abdullayeva.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


