Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi istirohat bog‘larida 46 ta attraksion tekshirildi: ayrim qurilmalar faoliyati to‘xtatilishi mumkin

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

kecha, 13-iyun kuni Buxoro shahrida aholi xavfsizligini ta’minlash hamda hordiq chiqarish maskanlarida xizmatlar sifatini nazorat qilish maqsadida istirohat bog‘laridagi attraksionlar faoliyati o‘rganildi.

“Shanba — Jamoat xavfsizligi xizmati kuni” munosabati bilan Buxoro shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashabbusi ostida tashkil etilgan tadbir davomida shahar hududidagi istirohat bog‘larida joylashgan attraksionlarning texnik holati, foydalanish xavfsizligi va tegishli hujjatlari sinchiklab tekshirildi.

O‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash hamda dam olish maskanlarida foydalanilayotgan attraksionlarning amaldagi xavfsizlik talablariga to‘liq javob berishini nazorat qilishdan iborat bo‘ldi.

Maxsus ishchi guruh tomonidan shahardagi istirohat bog‘larida faoliyat yuritayotgan jami 46 ta attraksion ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida ularning texnik holati, ekspluatatsiya qoidalariga rioya etilishi, xavfsizlik sertifikatlari, foydalanish ruxsatnomalari hamda boshqa zarur hujjatlari o‘rganildi.

Nazorat davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Xususan, huquqiy va texnik talablar to‘liq bajarilmaguncha, shuningdek yangi ruxsatnoma rasmiylashtirilmaguncha foydalanish muddati o‘tgan attraksionlarni ishlatishni qat’iyan to‘xtatish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.

Mas’ullar tomonidan attraksionlarning texnik xizmat ko‘rsatish holatini muntazam nazorat qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik talablariga rioya etish va tashrif buyuruvchilar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish yuzasidan ham tavsiyalar berildi.

Qayd etilishicha, yozgi mavsumda istirohat bog‘lariga tashrif buyuruvchilar soni ortib borayotgani sababli bunday nazorat tadbirlari fuqarolar hayoti va salomatligini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mutasaddilar tomonidan dam olish maskanlarida jamoat xavfsizligini ta’minlash, attraksionlardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi hamda texnik nosozliklarning oldini olish bo‘yicha nazorat ishlari kelgusida ham muntazam davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.