Mashhurlar
“Farzandlarimning to‘yiga ham birrovga kirganman”. Nargiza Azimova yosh ko‘rinish siri va qizil kiyimlari haqida
“O‘zbegimning qiziman”, “Hayron”, “Sohibqironim bor mani” kabi qo‘shiqlar muallifi, o‘z uslubiga sodiq xonanda Nargiza Azimova “Omon-omon” dasturi uchun intervyu berdi. U yosh ko‘rinishining siri, o‘g‘lini turmush o‘rtog‘i deb o‘ylashlari va boshqa rangli libos kiyishi mumkinligi haqida gapirdi. Daryo shular haqida yozmoqda.
“Ishdan qochmayman”

— Tabiatim shunday, kelinim uydami, yo‘qmi, qarab o‘tirmayman. Hamma ishni qilib ketaveraman. Ayam sen o‘zi shunday tug‘ilgansan, deydi. Qishloqqa borsam ham hamma yumushlarni bajarib ketaman. Yo‘lda chiqindi ko‘rsam olib o‘tib ketaman. Ba’zida tanishlarim nega unday qilasiz, deydi. Yosh ko‘rinishimning sababi har kuni ertalab ota-onamdan duo olishimda va farzandlarim mendan duo olishida deb bilaman, deydi u.
“To‘yda o‘g‘limni turmush o‘rtog‘im deb o‘ylashadi”
— O‘g‘lim sportchi, erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni. To‘y-hashamlarda, ko‘cha-kuyda odamlar ko‘rib, xo‘jayiningizmi deb so‘rashadi. Xo‘jayinim juda rashk qiladi, ehtiyot bo‘linglar, deyman. Keyin bilib qolib, iye, o‘g‘lingiz ekan-a, deb hayron bo‘lishadi. Uch nafar nabiram bor. Bu yil katta nabiram maktabga chiqadi. Allohning menga nazari tushgan, shunga yosh ko‘rinaman, deb o‘ylayman. Qudalarim bilan ham munosabatim yaxshi, Surxondaryoga borsam xursand bo‘lib kutib olishadi. Kelinni ham Surxondaryodan olganman, qizimni ham shu yoqqa berganman. Hammasini ota-onam qilgan. Men to‘yga faqat “birrov”ga kirganman (kulib), deydi xonanda.
“Qo‘shiq kuylash onamdan o‘tgan”

— Onam Dilorom opa o‘zbek, fors, tojik, ozar tilida juda chiroyli qo‘shiqlar aytgan. Ammo o‘sha paytlarda ota-onasi xonanda bo‘lishiga ruxsat bermagan. San’atga kirib kelishimga bu ham sabab bo‘lgan, lekin o‘zimda ham xohish bor edi. Dalada ish qilsam ham qo‘shiq xirgoyi qiib yurardim, deydi u. Onam mening armonlarim sening qo‘shiqlaringda, deydi u.
Nargiza Azimova doimo qizil rangdagi libos kiyib, shu rangdagi ro‘mol o‘rab yuradi. Bu uning o‘zgarmas prinsipi. Muxlislar tomonidan kelgan “Qachondir boshqa rangli libos kiyishingiz ham mumkinmi?” degan savolga xonanda quyidagicha javob berdi:
— Hozircha unday rejam yo‘q, ammo qachondir balki havorang libos kiyarman. Vaqt ko‘rsatadi, hozircha bilmayman, deydi Nargiza Azimova.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


