Mashhurlar

“O‘g‘lim diplomat bo‘lishini xohlagandim, lekin kasb va kelin tanlashda uning ko‘ngliga qaradim” — Guli Asalxo‘jayeva oilasi va kelinlari haqida

pic
Foto: Daryo.uz

Loading

Taniqli xonanda Guli Asalxoʻjayeva “Omon-omon” dasturi mehmoni boʻlib, oʻgʻli Jahongirning diplomat boʻlishini xohlagani, o‘zi esa oila qurgandan soʻng sanʼat yoʻnalishida tahsil olgani hamda kelinlarini qanday tanlagani haqida soʻzlab berdi. Daryo shular haqida yozmoqda.

“Jahongirning diplomat boʻlishini xohlagandim”

— Hamma kasbning ham oʻziga yarasha qiyinchiligi bor. Oʻgʻlim Jahongir maktabda ham yaxshi oʻqir edi. Shuning uchun unga “diplomat boʻlasan”, derdim. Oʻgʻlim “xoʻp, siz uchun diplomat boʻlaman, lekin keyin armon bilan oʻtaman”, degandi. Bolamning boshqa sohada oʻqishini xohlaganman. Lekin gaplarini eshitganimdan soʻng “mayli, oʻzi yaxshi koʻrgan kasbidan keta qolsin” , deganman. Chunki oʻzimning bolaligimda ham shunday boʻlgan.

“Turmushga chiqqach sanʼat sohasida taʼlim olganman”

— Opam sanʼat sohasida oliy taʼlim tamomlagani uchun meni ham tibbiyot yoʻnalishida oʻqishga olib boraman, deb teatralniy institutga olib borgan. Imtihondan oʻtganman. Oʻqishga kirgan joyimda dadam ruxsat bermagani uchun uni tashlab ketishimga toʻgʻri kelgan. Ota-onam xafa boʻlib qolmasin deb oʻqish armon boʻlib qolayotgan edi. Ammo turmushga chiqqanimdan soʻng turmush oʻrtogʻim sanʼat oliygohida oʻqitdi. Shundan soʻng bolalarimga xohlagan kasblarini tanlashga qoʻyib beraman, bu yogʻi Allohning aytgani boʻladi, deganman.

“Unda ayyorlik yoʻq”

— Oʻgʻillarim kichikligida intervyularda sanʼatkor boʻlish bilan birga oilada qanday kelinligim, kelajakda oʻgʻillarim sanʼatkor kelin tanlasa, nima deyishim haqida soʻrashardi. Allohga shukr, qaynonam mendan rozi boʻlgan. Ularning xizmatlarini qilganman, ham qaynonam qoʻshiq aytishimni yaxshi koʻrardi. Sanʼatkor kelin olish savoliga esa biroz oʻylanganman. Hamma ham mendek sanʼatkormikin? Uyda ham ovqat, ish qilarmikin, deganman. Chunki oʻzim uyda oddiy ayol qanday boʻlsa, shundayman: ovqat pishiraman, uy tozalayman, koʻchani ham supuraman.

Oʻylab turib, yaxshi niyat qilish kerak, deb mayli, tanlasa, olib beraman, deganman. Kelin tanlashda birinchi navbatda qizning onasi bilan gaplashib koʻraman. Jahongir Asalni tanlaganida ham uning onasi bilan gaplashib koʻrganman. Chunki baribir qiz bola onasiga tortadi. Asalning onasi ham juda yaxshi ayol boʻlgani uchun rozi boʻlganman.

Kelinim men kabi kelin boʻlib tushdi. Ovqatlar ham pishirib beradi, uy ishlarini ham bajaradi. Asosiysi, Asalning koʻngli toza. Hech bir ayyorlik yoʻq unda. Uch kelinim bor. Uchovini ham oʻz qizlarimdek yaxshi koʻraman, ilohim baxtli boʻlishsin, deydi xonanda Guli Asalxoʻjayeva.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.