Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (16.06.2026)
2026-yilning 16-iyun, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Ishxonada muhim vaziyatlarni, imkoniyatlarni qo‘ldan chiqarmang. E’tiborsizligingiz oxir-oqibat qimmatga tushishi mumkin.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun zudlik bilan basseyn yoki fitnes klubga yo‘l olishingiz kerak. Salomatlikni mustahkamlamasangiz, umurtqa pog‘onangizni to‘liq davolamasangiz bo‘lmaydi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun ishga kech kelishni xayolingizga ham keltira ko‘rmang. Nafaqat obro‘yingiz to‘kilishi mumkin, balki mukofot pullaridan quruq qolasiz.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Qarzlaringiz ko‘p. Ularni to‘lash uchun yana qarzga botishingiz ehtimolga yaqin. Demak, bunday vaziyatda qolmaslik uchun qo‘shimcha daromadli ish topishingiz lozim bo‘ladi.
Arslon (24.07 — 23.08)
Ro‘zg‘or ikir-chikirlarini e’tiborsiz qoldirmang. Ovqatlanish me’yorini va rejimni buzmang. Imkon doirasida ko‘cha ovqatini yemang.
Parizod (24.08 — 23.09)
Erta tongdan o‘zingiz sezmagan holda tushkun kayfiyatga tushib qolishingiz mumkin. Bunga o‘zingiz tarafingizdan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar sabab bo‘ladi. Ehtiyotini qiling.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Oilangizda nimadir sabab bo‘lib katta janjal yuzaga kelish xavfi bor. Oldini oling. Hoynahoy, janjal pul tufayli kelib chiqsa kerak.
Chayon (24.10 — 22.11)
Bugun oilangizda ham, ish joyingizda ham sokinlik va ahillik ko‘zga tashlanadi. Rahbarlar bilan o‘zaro munosabatlarda esa rostakamiga muammo paydo bo‘lishi kutiladi.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kechqurun favqulodda bo‘lsa ham kimnikigadir mehmonga bormang. Katta janjal iskanjasida qolib ketishingiz mumkin. Omadingizni bersin!
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Kimningdir hisobiga pul o‘tkazish zarurati tug‘ilsa, nihoyatda tartib bilan ish ko‘ring. Aks holda moliyaviy operatsiyangiz muvaffaqiyatsiz yakun topishi mumkin.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugun sportzalga borib jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, ayollarga go‘zallik saloniga mo‘ralab o‘tish va yoga bilan band bo‘lish muvaffaqiyatli kechadi.
Baliq (20.02 — 20.03)
Taqdirning o‘zi sizni qaysidir jabhada qat’iy qaror chiqarishga majbur etadi. Ko‘ribsizki, kechqurunga borib shu qaroringiz sizga baxtli va yoqimli lahzalarni hadya etadi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


