Buxoro yangiliklari
Hayot Davlatov Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi
Buxoroisharif.uz ma’lumotlariga ko‘ra, Davlatov Hayot Hasanovich Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Hayot Davlatov mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot, investitsiya, qurilish va hududlarni kompleks rivojlantirish yo‘nalishlarida mas’ul lavozimlarda samarali faoliyat yuritib kelgan. U o‘z faoliyatini 1996-yilda Buxoro viloyat monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasida boshlagan bo‘lib, turli yillarda ushbu tizimda mas’ul vazifalarda ishlagan.
2010–2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olib, boshqaruv sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlagan. Shuningdek, Buxoro viloyati hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Investitsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2021–2024-yillarda Kogon shahri hokimi sifatida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va investitsion loyihalarni amalga oshirish borasida samarali ishlarni tashkil etdi.
2024-yildan buyon Peshku tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Hayot Davlatov tumanni har tomonlama rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, qurilish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha qator amaliy natijalarga erishdi. Uning rahbarligida hududda infratuzilma loyihalari izchil amalga oshirilib, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Ko‘p yillik boshqaruv tajribasi, sohadagi chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalari Hayot Davlatovning yangi lavozimdagi faoliyatida ham viloyatni yanada rivojlantirish, qurilish, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlarida muhim natijalarga erishishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


