Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (07.07.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 7-iyul, seshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Siz uchun bir olam muvaffaqiyatlar, yoqimli lahzalar bilan boshlanadi. Do‘stlaringiz va yaqinlaringiz sizni har qanday masalada ham qo‘llab-quvvatlashga tayyor turishadi.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Kunning ikkinchi yarmida imkon topsangiz, bor vaqtingizni dam olish uchun ajrating. Do‘stlar yo yaqinlar bilan toqqa chiqib keting.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Pul masalasida bugun oshig‘ingiz olchi. Shundan ekan, sira ikkilanmay, o‘zingiz va uydagilar uchun foydali xaridlar qilaversangiz bo‘ladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Ishlaringiz ketma-ket baroridan kelib sizni mamnun etadi. Faqat bir to‘siq borki, u ham bo‘lsa moliyaviy muammo.

Arslon (24.07 — 23.08)
Sog‘liqni asrashni, nazoratda ushlashni unutmang. Kechqurun xorij tilini o‘rganish uchun qulay imkoniyat tug‘iladi.

Parizod (24.08 — 23.09)
Shaxsiy hayotingizda yorqin tanaffuslar kutilmoqda. Bugun barcha ishlarni yig‘ishtirib qo‘yib, “poxod” ga otlanish muvaffaqiyat keltiradi.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Hech kimning shaxsiga tegadigan gap gapirib qo‘ymang. Ortiqcha janjalning bugun sizga umuman hojati yo‘q. Ba’zilar ish joyida rahbarlar bilan bahslashib qolishi mumkin.

Chayon (24.10 — 22.11)
Oila qurmagan yigitlarning ayrimlari bugun sevganining qo‘lini so‘rashga ahd qilsa, adashishmaydi. Muhabbat izhorlari bugun faqat ijobiy natija beradi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
bugun bo‘lar-bo‘lmas gaplarni gapirib atrofdagilar oldida obro‘yingizni to‘kmang. Yaxshisi, siz tinglovchi rolini ijro qiling. Shundan tinchi yo‘q.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Ijodkorlar uchun bugungi kun unumli kechadi. Ammo texnika bilan shug‘ullanadiganlar omadni boshqa kundan kutishlari kerakka o‘xshaydi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bolalar tarbiyasida faqat o‘z usullaringizdan foydalaning. Salomatligingiz esa bugun pand bermaydi. Xavotirga o‘rin yo‘q.

Baliq (20.02 — 20.03)
Ish joyingizda ishlaringiz boshingizdan oshib-toshadi. Agar puxta reja asosida ishga kirishsangiz, kechgacha ulgurasiz va yana moddiy manfaat ham ko‘rasiz.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.