Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (19.07.2026)
2026-yilning 19-iyul, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Shod-xurram yashay olasizmi? Mana shu narsani aniqlab olishingiz, ichki imkoniyatlaringizni chamalab olishingiz zarur. Chunki ijobiy natijalarga erishish uchun katta kuch kerak.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Ba’zilar yangi ish joyiga o‘tishlari kutilmoqda. Bunday lahzalarda siz birinchi navbatda professionalizmni namoyish eta bilishingiz lozim.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Sira afsuslanmasdan yaqin o‘tmish bilan vidolashing. Aniqrog‘i, yaqin o‘tmishda o‘zingizga yov bo‘lgan odamlar va yomon xayollarni miyangizdan chiqarib tashlang-da, olg‘a yuring.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun barcha tinchlikparvarlikni, ahillik va mehr-oqibatni sizdan o‘rganishi lozim bo‘ladi. Hatto, pul masalasida ham qanchalar hotamtoyligingizni ko‘rsatib qo‘ying.
Arslon (24.07 — 23.08)
Kuningiz ancha asabiy kechishi kutilmoqda. Shuning uchun emotsiyani jilovlagan holda harakatlar sodir etishingiz talab etiladi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Atrofdagilar tutayotgan ishlarga, gapirilayotgan gaplarga tanqidiy munosabat bildirishdan saqlaning.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Asabiylikni nari suring, bu qarindosh-urug‘chilik rishtalarini mo‘rtlashtirishdan boshqasiga yaramaydi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Kun davomida hamma narsani pul bilan o‘lchashdan tiyiling. Yaxshisi, yuzaga kelayotgan har bir vaziyatga aqlli nigohlar bilan boqib, kelajak uchun kerakli xulosalar yasashga harakat qiling.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda raqobatchi deb ataluvchi kimsalar xalal berishlari kutilmoqda.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Hayotning eng og‘ir vaziyatlarini yengib o‘ta olish uchun aql va bardoshni charxlab olishingiz zarur bo‘ladi.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Birinchi navbatda oilangiz turishi lozim. Keyin boshqalari. Shunday qilsangiz, to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lasiz.
Baliq (20.02 — 20.03)
Qiziqarli insonlar bilan uchrashib muloqot qilasiz. Kelajak uchun rejalar tuzasiz. Bundan-da quvonchliroq kun bormidi dunyoda.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


