Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (27.07.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 27-iyul, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kun davomida qarindoshlar bilan ham orangizda janjallar bo‘lib o‘tishi kutiladi. Faqat asabiylashmang.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun qovg‘a burjida tavallud topganlar jismoniy zo‘riqishga duch kelmasliklari lozim. Aks holda mustahkam sog‘liq bilan xayrlashishingizga to‘g‘ri keladi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Kissangizda pul uzilishi kuzatilmaydi. Juda qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, katmonni qattiqroq berkiting-da, xaridlarga yo‘l bermang.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Oila qurishga ulgurmagan bo‘lsangiz, muhim uchrashuv hamda romantik lahzalarni ham boshqa kunga qoldirib turishingizga to‘g‘ri keladi.

Arslon (24.07 — 23.08)
Aqliy mehnat kishilari, ijod ahli bugun moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda sira qiyinchilikka duch kelishmaydi.

Parizod (24.08 — 23.09)
Uydagilar bilan anchadan beri dildan suhbat qurmagan bo‘lsangiz, bugun kechki payt buning ham imkoni tug‘iladi.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda, elektr quvvatiga ishlovchi uskunalardan foydalanishda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Ko‘ngilsiz vaziyatlarga tushib qolishingiz xavfi bor.

Chayon (24.10 — 22.11)
Sizga bugun yoga va uyqu katta yordam berishi mumkin. Ular yordamida ruhiyatingizni mustahkamlab olish imkoniga egasiz.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Oiladagilar bilan munosabatlarda kelishmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Agar xotirjam kayfiyatda bo‘lmasangiz, bu kelishmovchiliklar oqibatda katta janjalga aylanib ketishi mumkin.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Tadbirkorlar uchun xorij kompaniyalari bilan shartnomalarni imzolash, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish amallari xayrli kechadi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan ahillikda kun kechirganingiz ma’qul. Buning uchun hamma imkoniyatlar eshigi lang ochib qo‘yilgan. Foydalanib qoling.

Baliq (20.02 — 20.03)

Salomatlik masalasida muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Lekin sport bilan baribir shug‘ullaning.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.