Buxoro yangiliklari

«Ipoteka banki» ning sobiq kassiri 20 000 000 so‘m o‘g‘irladi

photo 219

Loading

Buxoroda bankning sobiq kassiri 20 000 000 so‘mdan ortiq mablag‘larni o‘zlashtirgani aniqlandi.

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATIB “Ipoteka bank” Buxoro viloyati filiali kassa shahobchasi sobiq kassiri N. H. 98 ta ijro hujjatlari bo‘yicha fuqarolarga go‘yoki qarzdorliklari qoplanganligi to‘g‘risida soxta kvitansiyalarni taqdim qilib, aslida 20 100 000 so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.