Buxoro yangiliklari
Peshko‘lik gazokondensat o‘g‘rilari ushlandi
Buxoro viloyatining cho‘l hududlarida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda neft va neft mahsulotlarini qonunga xilof ravishda talon-taroj qilish va o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Peshko‘ tumani Qoraqalpoq mahallasida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan A. M. va Yangiobod mahallasida yashovchi 1976-yilda tug‘ilgan Gʻ. O‘. oldindan jinoiy til biriktirib, Qorako‘l tumanidagi “Uchqir” cho‘l massivida joylashgan, “Gazlineftgazqazibchiqarish” mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli, “Mirkomilquduq-Savatli-Doyaxotin” yo‘nalishidagi D325x12 mm li gaz quvurining 7-kilometrida, gazokollektor temir gaz quvuriga ulaydigan moslama(xomut)ni o‘rnatib, unga yelim shlankani ulab, ushbu quvurdan o‘zlari tomonidan qazilgan o‘lchami 3×10 metrli hovuzga polietilen (sellofan) qoplamasini to‘shab, gazokollektor gaz quvuridan ushbu hovuzni gazokondensat xom-ashyosi bilan to‘ldirib, shu yerda tinitib, o‘zlari boshqarib kelgan davlat raqam belgisi o‘rnatilmagan “Kamaz”(Vezdexod) rusumli yuk avtomashinaning borti ustiga o‘rnatilgan sisterna va yelim idish(bochka)larga solib, tashib kelayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan A. M. va Gʻ. O‘. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-modda 3-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilar O‘zbekiston Respublikasi JPK ning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni sodir etishda yana 5 nafar shaxslarning bevosita ishtirok etganligi hamda “Gazlineftqazibchiqarish” MChJda ishlovchi ayrim shaxslar tomonidan moddiy manfaat evaziga sharoit yaratib berilganligi aniqlanib, jinoyatga aloqador shaxslar bilan tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi