Buxoro yangiliklari

Kogonliklar uchun ham COVID-19 ga qarshi emlash ishlari boshlandi

photo 223

Loading

Bugun, 8-aprel kuni Kogon shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida COVID-19 ga qarshi emlash jarayoni boshlandi. Birinchilardan bo‘lib esa vaksinatsiyadan shi muassasa boshlig‘i Uchqun Abdukarimov boshchiligidagi bir qator tibbiyot xodimlari o‘tishdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta’rifiga ko‘ra, emlash bu odamning kasallik qo‘zg‘atuvchilar bilan muloqotga kirishishidan oldin undan himoyalanishning oddiy, xavfsiz va samarali usulidir. Emlash tananing bir qator infeksion (yuqumli) kasalliklarga qarshilik ko‘rsatuvchi tabiiy himoya mexanizmlarini harakatga keltirib, ularga qarshilik ko‘rsatadi va immunitetni mustahkamlaydi.

COVID-19 ni keltirib chiqaradigan virus juda oson yuqadi. Fikrimizcha, aholining 60-70 foizida ushbu kasallikka qarshi immunitetni shakllantirmay turib, unga qarshi samarali kurasha olmaymiz. Shu o‘rinda dunyo bo‘yicha kasallanganlarning 3-5 foizi vafot etganligini, ular orasida yaqinlarimiz ham bo‘lishi ehtimoli mavjudligini esimizdan chiqarmasligimiz lozim.

Niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish va jamoat joylariga borishdan o‘zini tiyish kabilar virus yuqishi yoki uni boshqalarga yuqtirish ehtimolini kamaytirishda samarali amal sifatida hisoblanishiga qaramasdan, bu choralar pandemiyani jilovlash uchun yetarli emas.

COVID-19 ga qarshi emlashga birinchi bo‘lib xavf guruhiga kiruvchi aholi emlanadi.

Kogon shahar bo‘yicha birinchi bosqichda 3 000 ming nafardan ziyod 65 va undan katta yoshdagi keksalar emlanadi.

Kogon shahrida 3 ta emlash punkti ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va uning Zirabod hamda Ibn sino filiallarida tashkil etilgan bo‘lib har bir punktda ish kuni davomida aholi emlab boriladi.

[metaslider id=2213 cssclass=»»]

Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika rahbari Faxriddin Hasanovning ma’lumot berishicha, koronavirusga qarshi emlanganlarning holati yaxshi, alohida dam olish xonalarida nazoratda bo‘lishgandan so‘ng, uylariga yaxshi kayfiyatda ketishgan. Vaksina qabul qilganlar uch kun mobaynida nazoratda bo‘lib, ulardan patronaj hamshiralar xabar olib turishadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.