Buxoro yangiliklari
Olotdagi korxona omborxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun, 9-aprel kuni Olot tumanida joylashgan «Imronnike» MChJ omborxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv xizmatiga 9-aprel kuni soat 15:45 da Buxoro viloyati Olot tumani Xalifa mahallasida joylashgan «Imronnike» MChJ hududidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Xabar asosida voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:52 da yetib borgan.
Qayd etilishicha, ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 16:20 da qurshab olinib, 18:26 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida korxona omborxonasi ichki qismining taxminan 200 kvadrat/metr maydoni yonib zararlangan. Yong‘indan ob’yektning 400 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi