Buxoro yangiliklari
Qorovulbozorliklar uchun sayyor mammografiya apparati taqdim etildi
Bugun butun dunyoda ko‘krak bezi saratoni xavfi ortib bormoqda. Kasallik rivoji sust, uzoq vaqt davomida belgilarsiz kechgani uchun ham uni barvaqt aniqlashning imkoni yo‘q.
Dardni davolagandan ko‘ra oldini olgan osonroq. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra xastaliklar orasida ko‘krak bezi saratonining «yosharib» borayotgani, har o‘n ayoldan birida ushbu kasallik uchrayotgani har birimizni ogohlikka chorlaydi.
Ko‘krak bezi saratoni to‘satdan paydo bo‘lmaydi. Ushbu kasallikka olib keluvchi saratonoldi kasalliklari mavjud. Masalan, sut bezi tugunli masopatiyasi, mastitsimon o‘smalar, sut bezi sut yo‘li patilomasi kasalliklaridir. Sut bezida tugun hosil bo‘lgan dastlabki holatlarda u og‘riqsiz bo‘lib, rivojlangandan keyin kasallik belgilari yuzaga chiqadi.
Unutmaslik kerakki, hech kim ko‘krak bezi saratoni kimda va qachon uchrashini aniq aytib bera olmaydi, lekin kasallikdan himoyalanish, saraton kasalligini kelib chiqish xavfini kamaytirish har bir ayolning o‘ziga bog‘liq.
Eng oddiy, xarajatlarsiz usuli – bu o‘z-o‘zini tekshirish usulidir.
Shu kunga qada Qorovulbozor tumani ayyollarda uchraydigan mazkur kasalliklarning erta aniqlashning imkoniyati mavjud emasligi achchiq haqiqat edi.
Kuni kecha Qorovulbozor tuman tibbiyot birlashmasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan homiylik asosida 3 439 275 616,2 so‘m mablag‘ga sayyor Mammografiya apparati viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Gʻofur Saidov tomonidan foydalanish uchun topshirildi.
Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali direktori Sherali Do‘stov, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Uchqun Abdukarimov ishtirokidagi tadbir davomida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Gʻofur Saidov tomonidan apparatning afzalliklari, undan foydalanish texnologiyalari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Mammoskrining – bu ayollar uchun ko‘krak bezi saratoni kelib chiqish xavfining oldini olish mumkin bo‘lgan muhim tekshiruv usullaridan biridir.
Bu bilan bugungi kunda tuman aholisi salomatligini mustahkamlash, ayniqsa ayollar o‘rtasida keng tarqalayotgan sut bezi raki kasalligini erta aniqlash va oldini olish maqsadida tumanda mavjud 40 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollarni mammograf apparati orqali ommaviy skriningdan o‘tkazish uchun qulay sharoit yaratildi. Ilgari ushbu tekshiruvdan o‘tish uchun barcha ayollar Onkologiya va radiologiya ilmiy va amaliy tibbiyot markazi Buxoro filialiga yuborilar edi. Tekshiruv natijasida “Ko‘krak bezi saratoni” tashxisi qo‘yilgan ayollar “D” nazoratiga olinib, doimiy davolash rejasi tuziladi.
“Endilikda mazkur apparat yordamida tumandagi barcha mahallalar kesimida reja-grafik tuzilib fuqarolarimizda kechayotgan ushbu kasalliklarni erta aniqlash va davolash mexanizmlari joriy etilishiga xizmat qiladi” – deydi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Ilhom Bozorov. – Hozirgi kunda tumanimiz aholisining 6 876 nafarini ayollar, ularning 2 901 nafarini 40 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollar tashkil etadi.
Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining Onkologiya xonasida onkologik kasalliklar bilan “D” nazoratida turuvchi ayollar 71 nafar bo‘lib, ularning 17 nafari ko‘krak saratoni bilan ro‘yxatga olingan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi