Buxoro yangiliklari

Kogonliklar uchun 3 milliardlik yangi bog‘cha qurildi

photo 02 50

Loading

Kogon shahri “Mirzo Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inida zamonaviy talablar asosida yangidan qurib bitkazilgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Qamrovi 120 nafarga yetkazilgan bog‘cha aqlni peshlaydigan, bilimni charxlaydigan zamonaviy ta’lim-tarbiya vositalari bilan jihozlandi. Bolajonlarning ovqatlanishi, dam olishi, turli to‘garaklarda shug‘ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Sanitariya-gigiyena, tibbiyot, yosh guruhlari uchun xonalar, musiqa zali, alohida oshxona, umumiy ovqatlanish zali, yozgi ayvonchalar, o‘yinlar maydonchalari barpo etildi. Bu esa maskanda tarbiyalanayotgan bolajonlarning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirishga xizmat qiladi.

“VobkentSanTexStroy” MChJ quruvchilari tomonidan bunyod etilgan muassasaga 3 millliard 14 million so‘m mablag‘ sarflandi.

— Prezidentimizning maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, ayniqsa, chekka qishloq, tuman-shaharlariga berayotgan e’tiboridan biz, ota-onalar behad mamnunmiz, – deydi mahalla faollaridan biri Shahzoda Karimova. — Shu e’tibor tufayli mahallamizda zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etildi. Yangi muassasada bolalarni har tomonlama barkamol tarbiyalash, maktabga tayyorlash uchun barcha sharoitlar bor.

Maskanning foydalanishga topshirish marosimi ushbu hudud aholisi uchun katta bayramga aylandi. Unda so‘z olgan Kogon shahri hokimi Hayot Davlatov va boshqalar zamon talablari darajasida barpo etilgan ana shunday maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy, aqliy rivojlanishida keng imkoniyatlar yartib berishi, malakali kadrlar esa barkamol kelajak avlodni tarbiyalashda o‘zining munosib hissasani qo‘shishlariga yuksak ishonch bildirishdi.

Shahar hokimi tomonidan quruvchiga minnatdorchilik sifatida an’anaga ko‘ra chopon kiydirildi. Ijtimoiy ob’yektlarni sifatli qurib, foydalanishga topshirish hamisha nasib qilsin. Bundanda zamonaviy hamda chiroyli, ko‘rkam binolar qurishida muvafaqqiyatlar tilandi.

[metaslider id=2345 cssclass=»»]

Maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi barchaga birdek xushkayfiyat ulashdi, – deya xabar bermoqda Kogon shahri hokimligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.