O‘zbekiston

Qorako‘lda “Poykent” savdo majmuasi ochildi

photo 013 6

Loading

Kecha, 15-aprel kuni Qorako‘l tumani markazida joylashgan “Poykent” savdo majmuasining uzoq kutilgan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosarlari Botir Shaxriyorov va Mirali Hamroyev, tuman sektor rahbarlari, nuroniylar hamda faollar ishtirok etdilar.

Mazkur zamonaviy majmua Buxoro viloyatini 2020–2021-yillarda kompleks rivojlantirish hududiy investisiya dasturiga asosan “Muhabbat Xayr Saxovati” MChJ rahbari, tadbirkor Komil Ro‘ziyev tashabbusi bilan 37 millliard so‘mlik shaxsiy mablag‘ evaziga barpo qilingan.
Ikki qavatdan iborat inshootda oziq-ovqat, mebel va maishiy texnikalar, kafe va restoranlar, qurilish mollari, kiyim-kechak bo‘limlari, ko‘ngilochar o‘yinlar va kinoteatr zallari o‘rin olgan. Tadbir ishtirokchilari, shuningdek, ulkan savdo obektida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdilar.

[metaslider id=2454 cssclass=»»]

Shuningdek, majmuaning ochilish marosimiga tashrif buyuruvchilarga muborak Ro‘zai Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxoni yozildi. Poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli estrada xonandalari Lola Ahmedova, Ortiq Sultonov, Xorazm yulduzi To‘lqin Jabborov hamda viloyat san’atkorlari ijrosida yangragan kuy-qo‘shiqlar ko‘ngillarga bir olam zavq ulashdi.

Mahsulotlar turlarining xilma-xilligi xaridorlarning barcha mahsulotlarni bir joyning o‘zidan olish imkonini yaratib beradi. Mehmonlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida yirik avtoturargoh ham tashkil etilgan.

Bugungi kunda ushbu majmuaning ichki qismida 159 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish do‘konlari tayyor holatga keltirilgan. Eng muhimi, zamonaviy majmua loyihasining amalga oshirilishi natijasida 50 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Tadbirga mahallardagi “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi 50 nafardan ziyod fuqarolar taklif etildi va ularga tadbirkorning qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.