Buxoro yangiliklari

Senator 145 nafar olotliklarga 145 bosh qoramolni bepul tarqatdi

photo 05 28

Loading

Barchamiz orziqib kutuvchi muqaddas Ramazon oyi ezgulik, mehr-muruvvat, xayr-saxovat, diyonat ayyomi sanaladi. Muqaddas mohi ramazon kunlari muhtojlarga mehr-oqibat, xayr-saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatdir. Bunday ezgu tushunchalar ayniqsa, muborak mohi ramazonda yanada keng quloch yoyayotir. Rahbarlar va qolaversa har bir saxovatpesha insonlarning yordamga muhtojlarga xayr-ehson ko‘rsatish yo‘lida ayni muddao bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ro‘zai Ramazon oyi boshlanishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi Nurmuhammad Ochilov ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilasida nigoronligi bor, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, “Temir daftar” va “Ayollar va Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi fuqarolarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya ishlarini amalga oshirdi. Senatorimiz Nurmuhammad Ochilov tashabbusi bilan Olot tumanidagi “Temir daftar” va “Ayollar va Yoshlar daftari” ro‘yxatida turadigan fuqarolarga Rossiya federatsiyasi va Qozog‘iston davlatidan keltirilgan 145 bosh naslli qoramollar Ramazon oyi munosabati bilan ehson sifatida bepul tarqatildi.

– Ushbu xayriya tadbiri davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘ngli o‘ksik, o‘zgalar qaroviga muhtoj, ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olindi, – deydi Nurmuhammad Ochilov. Mazkur xayriya tadbiri doirasida jami 145 nafar ehtiyojmand oilaga jami 1 000 000 000 so‘mlik qoramol ehson qilindi.

[metaslider id=2518 cssclass=»»]

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, siz-u biz yashab turgan jamiyatda inson sha’ni va mafaati har narsadan ustun. Asosiy maqsad va vazifa aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, insonlarga beg‘araz yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Bunday savob ishlarni amalga oshirish xalqimizga xos fazilat hisoblanadi. Umuman musulmon kishi savobli ishlardan chetda turmasligi kerak. Qo‘lidan kelganicha, qilishi lozim. Ayniqsa, Ramazon kunlari bunday insonlar yanada ko‘payadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.