Buxoro yangiliklari
Qorovulbozor Dehqon bozorida rekonstruksiya
Dehqon bozorlarining mamlakat iqtisodiyotidagi, aholining kundalik hayotidagi o‘rni va ahamiyatini inobatga olib hamda xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, savdoni tashkil etish sohasida zamonaviy talablarga muvofiq savdo xizmati ko‘rsatishning ilg‘or tajribasi va yuksak madaniyatini keng targ‘ib qilish va izchil joriy etish, mavjud dehqon bozorlarini sharqona va milliy me’morchilik an’analarini hisobga olgan holda zamonaviy savdo majmualari tarzida mukammal rekonstruksiya qilish maqsadida Qorovulbozor Dehqon bozori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “2017–2019-yillar davomida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualarini qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2853-sonli qarori hamda Qorovulbozor tuman hokimining 2019-yil 6-noyabrdagi Qorovulbozor tuman “Tinchlik” MFY Navoiy ko‘chasida joylashgan umumiy yer maydoni 1,3 gektardan iborat “Dehqon bozori” obyektini rekonstruksiya qilish to‘g‘risida” 1284-sonli qaroriga asosan “Qorovulbozor Dehqon bozori” MCHJ da buzish ishlari boshlangan hamda yer maydonidan zamonaviy loyiha asosida rekonstruksiya va qayta qurish rejalashtirildi.
Bozorni rekonstruksiya qilish uchun direksiya sifatida “Qorovulbozor Dehqon bozor qurilish” MChJ tashkil qilindi va barcha loyiha hujjatlari “Bunyodbek loyixa qurilish” MChJ tomonidan tasdiqlandi. Loyihaning umumiy qiymati 2 110 000 000 so‘mni tashkil qilib, qurilish ishlari “Qorovulbozor Dehqon bozor qurilish” MJCh va “Zebiniso Mexriniso Muxammadali” MChJ o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq loyihani 100% qurib, bitkazish uchun quruvchi korxonaga topshirildi.
Loyiha bo‘yicha bozor xududida zamonaviy tipdagi jami 32 ta savdo do‘koni qurish rejalashtirilgan bo‘lib xozirgi kunga qadar 16 ta savdo do‘konining tom qismi yopilgan holatga keltirilgan. Ushbu savdo do‘konlarining 9 tasi qisman pulini to‘lash yo‘li bilan sotilgan. Quruvchi korxonaga xozirga qadar bajarilgan ishlari uchun direksiya hisob-raqamidan 120 000 000 so‘m, savdo do‘koni buzilgan tadbirkorlarga kompensatsiya tariqasida 450 175 000 so‘m, dehqon bozor loyihasi uchun 30 000 000 so‘m va 1:500 masshtab topoxarita, ART 1-2, loyiha ekspertizasi, viloyat QSHN inspeksiyasi tomonidan berilgan qurilishni boshlash ruxsatnomasi uchun 20 000 000 so‘m pul mablag‘lari ajratilgan.
2021-yil 21 aprel kuni holatida qurilish ishlari olib borilmoqda. Qurilish va rekonstruksiya ishlarini 2021-yilning 1-iyun kuniga qadar yakunlab, bozori faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi