Buxoro yangiliklari

“Atlanta”ni o‘marmoqchi bo‘lgan peshkulik yigit qo‘lga tushdi

photo 237

Loading

22-aprel kuni tungi soat 22:23 da Buxoro viloyat Qo‘riqlash boshqarmasining “Monitoring markazi” ga Buxoro shahri Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan “Atlanta” savdo do‘konidan “Tashvish” xabari kelib tushgan.

Voqea joyiga yetib borgan Qo‘riqlash markazi tezkor guruh xodimlari tomonidan savdo do‘konidan kiyim-kechak mahsulotlarini o‘g‘irlab qochayotgan shaxs qo‘lga olingan va Buxoro shahar IIB ga topshirilgan.

Dastlabki surishtiruv natijasida, ushbu noma’lum shaxs Buxoro viloyati Peshku tumanida yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro Gʻ. H. ekanligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.