Buxoro yangiliklari

Shuhrat Aliyev kogonlik profilaktika inspektorlariga kompyuterlarni topshirdi

photo 010 9

Loading

2021-yil 2-aprel kunidagi 5050-sonli “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish soxasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Qaroriga asosan mahalla huquq tartibot maskani to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanib, unga ko‘ra tuman–shahar hokimlari har oyda mahalla huquq tartibot maskaniga rahbarlik qilayotgan profilktika inspektorlari bilan shaxsan uchrashib, hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida aniqlangan muammoli masalalarni hal etish choralarini ko‘rishi ko‘rsatib o‘tilgan.

2021-yil 10-aprel kuni Kogon tumani hokimligi binosida huquq-tartibot maskanlari profilaktika inspektorlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Kogon tumani hokimi Esanov Muhiddin Turdiyevich tomonidan profilaktika inspektorlariga xizmatdan foydalanishlari uchun kompyuter jamlanmasi bilan ta’minlanishi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, 2021-yil 27-aprel kuni tuman hokimining farmoyishiga asosan 23 nafar Kogon tuman IIB profilaktika inspektorlarining har biriga tuman hokimligi binosida zamonaviy kompyuter jamlanmasi bilan taqdirlandilar, –deya xabar bermoqda kogon tumani hokimligi Axborot xizmati.

Tadbirda Buxoro viloyat IIB boshlig‘i Sh. Aliyev, Buxoro viloyat DSI boshlig‘i Sh. Ashurov hamda Kogon tuman hokimi M. Esanov so‘zga chiqib profilaktika inspektorlariga mashaqqatli kasblarida omad va zafarlar tiladilar.

[metaslider id=2624 cssclass=»»]

Shundan so‘ng tumandagi barcha profilaktika inspektorlarigi zamonaviy kompyuter jamlanmasi tantanali topshirildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.